AMIN UMARIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMIN UMARIY haqida malumot bilib oling.

AMIN UMARIY (1913.20.5, Qoʻqon – 1942.14.11,Toshkent) — oʻzbek shoiri, dramaturg, tarjimon. Samarqand ped. akademiyasida oʻqidi. Ishchi f-ti, OʻzDU va Toshkent davlat pedagogika in-tida dars berdi (1935 — 36). «Guliston», «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» jur.

lari hamda «Qizil Oʻzbekiston» gaz. da ishladi (1937 — 41). Amin Umariyning «Yangroq sadolar» (1932), «Davr tantanasi» (1933), «Yoshlik» (1935), «Farzand», «Sadoqat», «Sheʼrlar», «Bolalik qoʻshiqlari», «Ov«zim» (1937 — 39), «Qasamyod» (194? kabi sheʼriy toʻplamlari, «Toshotar», (1939) kabi hikoya va ocherklari bosilib chiqdi. Amin Umariyning 38-y. lardagi sheʼrlarida yoshlik tuygʻulari, qaynoq qalb orzulari, yarati; va yuksalish ishtiyoqida mehnat qilayotgan kishilarning kechinmalari aks ettirilgan boʻlib, ular chuqur lirizm, obrazlar, tasvir vositalarp ning jozibadorligi, tilining sodda va yorqinligi b-n ajralib turadi. Amin Umariyning 2 – jahon urushi yillaridagi sheʼrlarida kishilarimizning jasorati, matonati kuylangan. Amin Umariy Yashin bilan hamkorlikda «Hamza» (1940), Tuygʻun bilan birgalikda «Qasos» (1941) dramalarini yaratgan. U G. Geyne, T. Shevchenko, M. Yu. Lermontov asarlaridan ayrimlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi.

As: Tanlangan asarlar, T., 1951; Sheʼrlar, T., 1973.

Ad:. Olimjon Amin umariy, Amin Umariy, T., 1954,Ikromov O., Amin Umariy, T., 1964.

Ensiklopediya.uz
AMIN UMARIY