ALFOL, alyuminiy folgasi — juda yupqa (0,005—0,01 mm) alyuminiyzar qogʻozi. Issiqlikni deyarli oʻtkazmaydi. 500° t-ragacha qizdirilganda oʻz xossalarini saqlab qoladi. Varaqlar (listlar) va oʻramlar koʻrinishida ishlab chiqariladi. Texnik maqsadlarda ishlatiladi.