ANTIPIRENLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANTIPIRENLAR haqida malumot bilib oling.

ANTIPIRENLAR (anti… va yun. rug – olov) — yogʻoch, mato va b. organik materiallarni oʻz-oʻzidan yonib ketishdan himoya qilish maqsadida ularga shimdiriladigan modda yoki aralashmalar. Antipirenlar taʼsir xususiyatlariga qarab quyidagi xillarga boʻlinadi:

1) quyi t-ralarda zich suyuq parda hosil qilib materialning yonishi uchun zarur boʻlgan kislorod yoʻlini toʻsuvchi Antipirenlar ; 2) qizdirilganda materialning oʻzoʻzidan yonish jarayonini susaytiruvchi Antipirenlar ;

3) parchalanib, koʻp miqdordagi issiqlikni yutuvchi va yonmaydigan gazlar hosil qiluvchi Antipirenlar ;

4) gaz holidagi va kondensirlangan fazalarda oksidlanishni susaytiruvchi Antipirenlar ;

5) reaksiya yoʻnalishini kul va qurumsifat mahsulotlar hosil boʻlish tarafiga oʻzgartiruvchi Antipirenlar Ammoniy fosfatlari (diammoniy fosfat, monoammoniy fosfat, mono – va diammoniy fosfat aralashmalari), ammoniy sulfat, bura va borat kislota kabi A keng tarkalgan. Amaliyotda yuqorida keltirilgan Antipirenlar qatorida endigina boshlangan alangadan himoya qiluvchi moddalar: DSK-P (diammoniy fosfat, ammoniy sulfat va kerosinli kontakt), PPL — potash va kerosinli kontakt asosidagi suyukliklar, FAM — mochevinaformaldegid smola koʻshilgan furfurolatseton aralashma asosidagi boʻyoq, PXVO — perxlorvinil smola asosidagi, MXS — xlorparafin va b. komponentlar asosidagi moysimon; superfosfat — oxak — loy va b. asosidagi surkov moylari ham ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
ANTIPIRENLAR