ANTEKS OCHIQ TURDAGI AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANTEKS OCHIQ TURDAGI AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida malumot bilib oling.

«ANTEKS» OCHIQ TURDAGI AKSIYADORLIK JAMIYATIyengil sanoat korxonasi. «Oʻzbekengilsanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan. Uning korxonasi 1994—1999-y. larda qurilgan. Uni barpo etish uchun 26 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya mablagʻ sarflangan. Germaniya, Italiya, Shveysariya singari rivojlangan mamlakatlardan zamonaviy texnologik jihozlar va asbob-uskunalar sotib olingan. Bu ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligi boʻyicha jahon bozoridan munosib oʻrinni olishga imkon berdi. Jamiyatda yiliga 2700 t aʼlo sifatli kalava ip tayyorlanadi. Kelgusida ip shu yerning oʻzida toʻqilib, tayyor gazlama holiga keltiriladi. 2000-y. ti-kuv hamda boʻyoq f-kalari ishga tushirildi. 500 dan ortiq ishchi ishlaydi (2000).

Ensiklopediya.uz
ANTEKS OCHIQ TURDAGI AKSIYADORLIK JAMIYATI