ANDIJON TOJMETALL AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANDIJON TOJMETALL AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida malumot bilib oling.

ANDIJON «TOJMETALL» AKSIYADORLIK JAMIYATIpaxta tozalash sanoati mashinasozligi korxonasi. Andijon sh. da joylashgan. «Oʻzmashsanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. 1992-y. da «Kommunar» mexanika z-di tarzida tashkil etilgan. 1997-y. okt. dan hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Paxta tozalash z-dlari uchun texnologik jihozlar va mashinalar (bunt buzgichlar, tola tozalash mashinalari, linterlar, chigitdan tolani ajratadigan (jin) mashinalari uchun arralar, sanoat ventilyatorlari), asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chikaradi. Korxonada ishlab chiqariladigan texnologik liniyalar va b. mahsulotlar MDHdagi paxtakor mamlakatlarga eksport qilinadi.

Ensiklopediya.uz
ANDIJON TOJMETALL AKSIYADORLIK JAMIYATI