AERODINAMIK QUVUR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AERODINAMIK QUVUR haqida malumot bilib oling.

AERODINAMIK QUVURaerodinamika sohasidagi tekshirish qurilmasi; unda sunʼiy hosil qilingan havo yoki gaz oqimining uchish apparatlariga va b. obyektlarga yoki modelning obyektlardagi fizikaviy oʻxshash qismlariga taʼsiri oʻrganiladi. Aerodinamik quvurni birinchi marta K. E. Siolkovskiy qurgan. Aerodinamik quvur Q yordamida havo (yoki gaz)ning karshilik kuchi, qattiq jism sirtida bosimning taqsimlanishi va b. aniqlanadi. Aerodinamik Quvur tajribalari kichraytirilgan modellar, baʼzan esa toʻliq oʻlchamli konstruksiyalar ustida oʻtkaziladi (rasmga q.). A. q. da jism qoʻzgʻalmay turadi (havoga yoki gazga nisbatan harakatlanmaydi), havo (gaz) qoʻzgʻalmas jismga nisbatan harakatlanadi. Aerodinamik quvur quyidagilardan iborat boʻladi: havo (gaz)ni soʻrib oluvchi soplo; havo (gaz)ning kerakli yoʻnalishdagi oqimini vujudga keltiruvchi yoʻnaltiruvchi kuraklar; tekshiriladigan obyekt va aerodinamik kuch, momentlar va b. koʻrsatkichlarni oʻlchaydigan datchiklar oʻrnatiladigan ish qismi; ventilyator, kompressor yoki ejektor; havo (gaz)ni atrof muhitga chiqarib yuboradigan diffuzor. Baʼzi Aerodinamik quvurda havo (gaz) oqimini soploga qaytaradigan teska-ri (yoʻnaltiruvchi kurakli) kanallar boʻladi. Aerodinamik quvur xillari: berk va ochiqoqimli; berk va ochiq ish qismlari boʻlgan; tovush tezligidan past, tovush tezligiga yaqin, tovush tezligidan yuqori va giper (oʻta yuqori) tovush tezligidagi oqimli; davriy va uzluksiz ishlaydigan. Elektr yey bilan isitiladigan, adiabatik qisiladigan, zarbiy, impulsli Aerodinamik quvurlar ham bor. A. q. da sinash mashinalarning optimal shakllarini aniqlashga va muhandislik inshootlariga shamol taʼsirini oʻrganishga imkon beradi. Aerodinamik quvur tajribalari natijalari avtomobil, poyezd, kosmik kemalar, suv osti kemalari va b. ning eng maqbul shaklini topishga, baland imoratlar, minoralar va b. ga shamolning taʼsirini oʻrganishga imkon beradi.

Ensiklopediya.uz
AERODINAMIK QUVUR