AʼROF haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AʼROF haqida malumot bilib oling.

AʼROF (arab. — toʻsiqlar) — islom manbalarida, xususan Qurʼonda taʼriflangan jannat bilan doʻzax oʻrtasidagi joy. Oʻzbek tilida Aʼrof oʻrnida odatda «arosat» istilohi ishlatiladi. Islom aqidasiga koʻra, qiyomat kuni jannatga ham, doʻzaxga ham tushmay oʻrtada qoladigan odamlar Aʼrofda turadilar. Ular jannatda rohat qilayotganlarni ham, doʻzaxda azob tortayotganlarni ham koʻrib, baʼzida gaplashib turadilar. Qurʼonning 7-surasi Aʼrof deb nomlangan.

Ensiklopediya.uz
AʼROF