ASHXOBOD 25, ASH-25 haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASHXOBOD 25, ASH-25 haqida malumot bilib oling.

ASHXOBOD 25, ASH-25ingichka tolali gʻoʻza navi. Turkmaniston ingichka tolali gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. institutining Ashxobod boʻlimida chiqarilgan (D. B. Boboyev, V. S. Bulax, 1974). Turkmaniston va Oʻzbekistonda r-nlashtirilgan (1977). Tupi pishiq, yotib qolmaydi, bal. 70—90 sm. Hosil shoxlari 2-tipli. Qulay sharoitlarda tanada va meva shoxlarida qoʻshimcha koʻsaklar hosil qiladi. Barglari oʻrtacha, 3—5 boʻlmali. Gullari limonsimonsariq, qizgʻish doglari bor. Koʻsagi kichikroq, deyarli 3 pallali. Bir dona koʻsakdagi paxta vazni 3,0—3,5 g. Tolasi sargʻimtir. Vegetatsiya davri 140—145 kun. Fuzarioz viltga va qora ildiz chirish kasalligiga oʻta chidamli. 34,4% tola beradi, tolasining shtapel massauz. 40—41 mm, uzilish kuchi 4,9 gk, nisbiy uzilish kuchi 39 gk/teks, chiziqli zichligi 125 mteks.

Ensiklopediya.uz
ASH-25, ASHXOBOD 25