ASHRAFIY UY-MUZEYI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASHRAFIY UY-MUZEYI haqida malumot bilib oling.

ASHRAFIY UY-MUZEYIyodgorlik muzeyi. M. Ashrafiy 1969—75 y. lar Toshkentda yashab ijod etgan uy (Markaz — 1, 15-uy, 25-xonadon)da 1982 i. ochilgan. Muzey ekspozitsiyasi memorial xonalar va musiqa mehmonxonasidan ibo-rat. Muzey jamgarmasida 10000 dan ortiq eksponat bulib, ular — surat va rasmlar, notalar, qoʻlyozmalar, sovgʻalar va kompozitorning shaxsiy kutubxonasidan iborat. Xonalardagi 700 dan ortiq eksponat M. Ashrafiyning kompozitorlik, pedagogik va jamoatchilik faoliyatini aks ettiradi. Muzeyning musiqa mehmonxonasida kompozitorlar bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar va suhbatlar. konsertlar oʻtkaziladi.

Ensiklopediya.uz
ASHRAFIY UY-MUZEYI