ATTRAKSION haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ATTRAKSION haqida malumot bilib oling.

ATTRAKSION (frans. attraction — tortilish) — 1) sirk tomoshasi. Dastlabki mexanika va fizika yutuqlari asosida koʻrsatilgan sirk nomerlari Attraksion deyilgan. Hozir muayyan gʻoya va mazmun asosida bir-biri bilan bogʻliq sirk tomoshalari dasturi Attraksion deyiladi;

2) madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar saroylari, umuman ommaviy sa-yil joylarida koʻngil ochish uchun oʻrnatilgan qurilma (charxpalak, karusel va kema-argʻimchoq va b.).

Ensiklopediya.uz
ATTRAKSION