ASAFYEV Boris Vladimirovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ASAFYEV Boris Vladimirovich haqida malumot bilib oling.

ASAFYEV Boris Vladimirovich [taxallusi — Igor Glebov, 1884. 17 (29). 7, Peterburg — 1949.27.1, Moskva] — rus musiqashunosi, kompozitor. Akad. (1943). Peterburg un-tini (1908), Peterburg konservatoriyasini (1910) tugatgan. Musiqa tarixiga oid asarlar (mas, «Glinka» kitobi, 1947), musiqa (xususan intonatsiya) nazariyasi boʻyicha tadqiqotlar (jumladan «Musiqa shakli jarayon sifatida», 1971, 2-nashri) muallifi. 28 balet, 11 opera, 4 simfoniya va b. asarlar yaratgan. Turkiston xalqlari, xususan, oʻzbek, qozoq musiqasini ilmiy tahlil etgan. Oʻzbek musiqa merosi haqida («Oshiq Gʻarib» baletini yaratish jarayonida, 1940; ikki jiddlik «Oʻzbek xalq qoʻshiqlari» bilan tanishganidan soʻng, 1939) qimmatli fikrlar biddirgan. Asafyevning asarlari (mas, «Boqchasaroy favvorasi») oʻzbek sahnasida qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
ASAFYEV Boris Vladimirovich