
ASALARI MUMI haqida malumot bilib oling.
ASALARI MUMI — ishchi asalarilar mum bezlarida ishlab chiqaradigan yogʻsimon suyuqlik. As. m. mum oynachalarida joylashgan mayda teshikchalar orqali tashqariga chiqib, havo taʼsirida qotadi va och sariq plastinka koʻrinishga keladi. Mumni faqat yosh arilar (10 — 20 kungacha boʻlgan yoshdagi) ishlab chiqaradi. Mavsum davomida bitta oila 0,8 — 2 kg gacha mum i. ch. i mumkin. Mum tarkibida 300 dan oshiq elementlar boʻlgan murakkab aralashma boʻlib, ular murakkab efirlar aralashmasi (75% gacha), yogʻ kislotalari, uglevodorodlar va b. dan iborat. Mum vitaminga boy (asalari uyasidan olingan 100 g mumda 4096 ME A vitamini bor). Solishtirma massasi 0,956 — 0,969. 62 — 72° da eriydi. Suvda erimaydi, efir, xloroform, benzol, benzin, skipidar moyida oson eriydi. Mumdan yangi asalari oilalari uchun mumparda tayyorlanadi, asosan, kosmetikada, oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va texnikada ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
ASALARI MUMI