
ARCHMAN haqida malumot bilib oling.
ARCHMAN — Turkmanistonning Kopet-dogʻ etaklaridagi shifobaxsh suvli kurort. Archman t. y. stansiyasidan 9 km narida joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, yozi juda issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 30°). Kam vodorod sulfidli mineral buloq suvlari vannaga tushish va ichish uchun ishlatiladi. Qon aylanish, ovqat hazm qilish, harakat va tayanch organlari kasalliklarida, teri, ginekologik kasalliklarda tavsiya etiladi. Sanatoriy, vanna qabul qilish binosi bor. Yil boʻyi ishlaydi.
Ensiklopediya.uz
ARCHMAN