ARXEOLOGIYA INSTITUTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARXEOLOGIYA INSTITUTI haqida malumot bilib oling.

ARXEOLOGIYA INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Arxeologiya instituti — Oʻzbekiston hududidagi moddiy madaniyat yodgorliklarini oʻrganuvchi ilmiy muassasa. Oʻzbekiston FAning Tarix va arxeologiya in-ti negizida (1970-y.) Samarqandda tashkil etilgan. Arxeologiya instituti Oʻzbekistonda olib boriladigan arxeologik tadqikotlarga ilmiy-metodik rahbarlik kiluvchi markaz boʻlib, respublika hududidagi barcha moddiy madaniyat yedgorliklarida qazish ishlari olib borish uchun rux-satnoma beradi. Uz tadqiqotlarini UzMU, SamDU, Oʻzbekiston BA Sanʼatshunoslik in-ti, Oʻzbekiston FAning Tarix in-ti va b. ilmiy muassa-salar bilan muvofiqlashtirib olib boradi. Arxeologiya instituti xalqaro ilmiy dasturga binoan respublikaning kator viloyatlarida Fransiya, Germaniya, Polsha, Italiya, Rossiya kabi mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorlikda arxeologik kazishmalar olib boradi (1984-y. dan). In-tda tosh davri arxeologiyasi, Turon arxeologiyasi, Movarounnahr arxeologiyasi, ilmiy i. ch. boʻlimlari; tarixiy yodgorliklarning kimyoviy va texnologik tadqiqoti hamda konservatsiya qilish lab., kutubxona (55 mingdan ortiq asar) bor; Toshkent, Xiva va Termiz arxeologiya boʻlimlari tuzilgan. 7 fan d-ri (3 akad.), 35 fan nomzodi, jami 90 ilmiy xodim ishlaydi. In-t «Oʻzbekiston moddiy madaniyati tarixi» nomli yillik toʻplam nashr etadi (1959-y. dan). U oʻz faoliyatida arxeologik tadqiqotlarga bagʻishlangan 120 ta ilmiy monografiya (5 tasi ajnabiy tillarda) va turli jurnal va toʻplamlarda mingdan ortiq maqolalar chop etdi. Arxeologiya institutida arxeologiyaning dolzarb masalalari buyicha bir necha xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi (1973, 1986, 1988, 1991, 1994, 1997). In-t xodimlaridan A. Asqarov, Yu. F. Buryakov, R. Sulaymonov, M. Isomiddinov, M. Filanovich, T. Xoʻjayov va G. Shish-kinalar Oʻzbekiston hududida ilk shahar madaniyatining shakllanishi hamda uning taraqqiyot bosqichlari tarixiga bagʻishlangan 14 monografiya uchun Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar (1985). In-t qoshida aspirantura va doktorantura, arxeologiya mutaxassisligi boʻyicha maxsus d-rlik ilmiy kengashi mavjud.

Ensiklopediya.uz
ARXEOLOGIYA INSTITUTI