
ARKANZAS haqida malumot bilib oling.
ARKANZAS — AQSH janubidagi shtat, Missisipining oʻng sohilidagi sertepa tekislikda. Mayd. 137,5 ming km2. Aholisi 2,4 mln. (1993). Maʼmuriy markazi — Litl-Rok sh. Qishi iliq, yozi issiq, yogʻin koʻp (1000 mm dan ortiq), tuprogʻi, asosan, qizil, sariq va allyuvial. Daryo vodiylari va qayirlarida subtropik oʻrmon (sarv, kamed daraxti va b.), qirlarda qaragʻay-dub oʻrmonlari bor. A. da qattiqyogʻoch tayyorlanadi. Q. x. da asosan tovar mahsuloti ishlab chiqariladi. Paxta, soya, sholi ekiladi; A. AQSH dagi asosiy paxtachilik r-nlaridan biri. Chorvachilikda goʻsht uchun joʻja boqish (broyler) asosiy urin tutadi. Boksit qatlamlarini qayta ishlash boʻyicha AQSHda 1-oʻrinda. Oziq-ovqat, oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash, sellyuloza-qogʻoz, kimyo sanoati, radioelektron tovarlar i. ch. yaxshi yoʻlga quyilgan.
Ensiklopediya.uz
ARKANZAS