
ARALIYADOSHLAR haqida malumot bilib oling.
ARALIYADOSHLAR (Araliaceae) — yopiq urugʻli oʻsimliklarning ikkipallalilar sinfiga mansub oila. 65 turkumi (800 ga yaqin turi) bor. Asosan Shim. Amerika, Jan.-sharqiy Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. Ular ichida oʻt, buta va hatto kichikroq daraxt shaklidagilari ham bor.
Gullari toʻgʻri (aktinomorf), soyabon, boshcha yoki boshoqlarga toʻplangan. Baʼzi turlari, mas, araliya, plyushch xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi, baʼzilari, mas, jenshen dorivordir. Araliya (Aralia) oiladagi yirik turkum boʻlib, u 35 toʻrni oʻz ichiga oladi. Araliyadoshlar turlari asosan Osiyoning jan.-sharqidagi tropik va subtropik yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda ham oʻstiriladi. Uning il-dizida saponin, efir moyi va b. birikmalar boʻlib, nastoykasi organizm tonusini koʻtarish uchun qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
ARALIYADOSHLAR