APOFEOZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
APOFEOZ haqida malumot bilib oling.

APOFEOZ (yun. apotheosis — ilohiylashtirish) — 1) biror bir shaxs yoki voqeani sharaflash;

2) tantanali yakun;

3) xalqni, qahramonni yoki biror voqeani sharaflaydigan spektakl, bayram konsert dasturi yoki sirk tomoshasining odatda yakunlovchi, tantanali ommaviy sahnasi: «Gulsara» operasi (R. Glier va T. Sodiqov)ning yakunlovchi qismi. Apofeoz tomosha, bayram namoyishining mustaqil qismi sifatida (matneiz) boʻlishi ham mumkin. Bu turdagi Apofeozlar ishtirokchilarning taʼsirli holatlari («jonli lavha», «soʻzsiz sahna») asosida quriladi. Bunda dekoratsiya, kiyim, butaforiya va b. katta ahamiyatga molik. Hozir har yilgi Oʻzbekiston mustaqilligiga bagʻishlangan konsertlarda Apofeozning turli koʻrinishlaridan foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
APOFEOZ