ANURADHAPURA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANURADHAPURA haqida malumot bilib oling.

ANURADHAPURA — Shrilanka shim. dagi shahar. Aholisi 40 ming kishi chamasida. Q. x. mahsulotlari qayta ishlanadi, hunarmandchilik (yogʻoch oʻymakorligi) rivojlangan. Turizm markazi, buddistlar ziyoratgoh joyi. Qadimgi Anuradhapura (mil. av. 5-a. dan 11-a. gacha) ilk Singal davlatining poytaxti boʻlgan. Meʼmoriy qoʻriqxona, mil. av. 3—1-a. larda qurilgan budda ibodatxonasi va monastirlarining qoddiqlari, Buddaning tosh haykallari (5-a.), Isurumuniya gʻor monastiri (5—8a. lar), saroy va b. saqlangan.

Ensiklopediya.uz
ANURADHAPURA