ANDIJON NEFT KONI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANDIJON NEFT KONI haqida malumot bilib oling.

ANDIJON NEFT KONIFargʻona vodiysining jan.-sharqidagi konlardan biri. Andijon sh. dan 14 km jan. da. Birinchi qidiruv ishlari 1932-y. dan boshlangan. 1935-y. da boshlangan burgʻulash natijasida 1937-y. 3-gorizontdan kuniga 35 t neft chiqa boshladi. Keyingi qidiruv ishlari natijasida 5-gorizontdan (1940), soʻngra 1-gorizontdan neft topildi. Andijon neft koni 1937-y. da foydalanishga topshirilgan. Andijon neft koni antiklinal burma bilan bogʻliq boʻlib, bu burmaning uz. 23 km, eni 6 km. Bur-maning shim.-gʻarbiy qanotida qatlamlar ogʻishi 10° dan oshmaydi, jan.-sharqining baʼzi joylarida 30—35° gacha yetadi. Burmaning markazida neogen yotqiziqlari yer yuzasiga chiqib qolgan. Ularning ostida umumiy qalinligi 3000 m dan ortiq boʻlgan paleogen va boʻr yotqiziqlari joylashgan. Antiklinal burma koʻndalang uzilmalar boʻyicha bloklarga boʻlingan. Bir necha mayda uzilma va surilmalar ham uchraydi. Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan neft neogenning baqtriya yotqiziqlaridagi 1-gorizontda va paleogenning 3-, 5-, 6-, 7-gorizontlarida uchraydi. 1-gorizont baqgriya yarusining ostki qismida yotadi va qumtoshdan iborat. Uning kalinligi burmaning jan. qanotida 7—12 m va shim. qanotida 40 m ga yetadi. 1-gorizont ostki massaget yarusining yotqiziqlariga nomuvofiq yotadi. Massaget yotqiziklari orasida gʻovak qumtosh qatlamlari boʻlib, bu qatlamlarda ham baʼzan neft uchraydi. 3-gorizont sumsar yarusi gil qatlamlarining ustki qismida boʻlib, qumtoshdan iborat. Umumiy kalinligi 18—21 m, neftli qismining kalinligi 10 m. Bukilmaning eng yuqori qismida ozgina gaz uchraydi. Dastlabki vaqtlarda har qaysi quduqdan (burgʻu kovagidan) bir kecha-kunduzda 14—70 t neft chiqqan. Neftning s. ogʻ. 0,859. 5-gorizont Turkiston qatlamlarida boʻlib, qumli ohaktosh va ohakli qum-toshdan iborat. Umumiy qalinligi 14 m, neftli qismining qalinligi 9 m. Dastlabki vaqtlarda har bir quduqdan bir kecha-kunduzda 15—120 t neft chiqqan. 6-gorizont, asosan, angidrit va ostki qismi qumtoshdan iborat. Neft 6-gorizontda surilma ostidagi qanotda boʻlib, tarkibi 5-gorizont neftiga oʻxshash.

7-gorizont olay yarusidagi dolomitli ohaktoshdan iborat boʻlib, neft oz. Gʻarbiy, markaziy va sharqiy bloklardagi neft deyarli butunlay olib boʻlingan. Gorizontning umumiy kalinligi 42 m, neftli qismining kalinligi 20 m. Dastlabki vaqtlarda har bir qudukdan bir kecha-kunduzda 40—90 t neft olingan.

Ensiklopediya.uz
ANDIJON NEFT KONI