AMBROZIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AMBROZIYA haqida malumot bilib oling.

AMBROZIYA (Ambrosia) — 1) qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi, 30 ga yaqin turi bor. Amerika, Osiyo, Yevropa, Afrika va Avstraliya hamda Tinch va Atlantika okeanlaridagi koʻpgina orollarda tarqalgan. Qozogʻiston, Shim. Kavkaz, Ukraina va Rossiyadagi bir qancha turlar zararkunanda begona ut hisoblanadi; 2) daraxtlar poyasidagi poʻstloqxoʻr qoʻngʻizlar ochgan yoʻllarda oʻsadigan sodda xaltali zamburugʻlar mitseliysi tanasining oq yoki qizgʻish gʻubori. Ambroziya mitseliysi qoʻngʻizlar uchun oziq boʻladi. Ambroziya bilan qoʻngʻizlar oʻrtasidagi munosabat simbioz yashashga misol boʻladi. Chunki Ambroziya faqat daraxt yogʻochi bilan emas, balki qoʻngʻizlarning axlati hisobidan ham oziqlanadi. Ambroziya spora hosil qiladi, maxsus hujayralari urgʻochi poʻstloqhoʻr qoʻngʻizlar ichagi orqali boshqa sogʻlom daraxtlarga oʻtadi. Mac, rophoma zamburugʻi hosil qiladigan Ambroziya burchoqdoshlar, piyozguldoshlar tanasida qoʻshqanotli hasharotlar paydo qiladigan boʻrtmalarda uchraydi.

Ensiklopediya.uz
AMBROZIYA