ALBANLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALBANLAR haqida malumot bilib oling.

ALBANLAR (oʻzlarini shkiptar deb ataydilar) — Albaniya Respublikasining asosiy xalqi. Umumiy soni 6,1 mln. (1992). Albaniyada 3,250 mln. kishi, Yugoslaviyada (1,985 mln. kishi), Makedoniyada (500 ming kishi), Italiyada, Gretsiyada, RF va b. davlatlarda yashaydi. Tili hind-yevropa tillari oilasiga kiradi. Albanlar kad. davrlarda Bolqon ya. o. ning gʻarbiy qismida yashagan illiriy, qisman frakiylar avlodidir. «Albanlar» etnonimi dastlab mil. 2-a. ga oid manbalarda tilga olinib, 11-a. dan hoz. Albaniyaning butun aholisiga nisbatan qoʻllanilgan. Albanlar yevropeoid irqiga mansub. Albanlarning koʻpchilik qismi islom dinini qabul qilgan, bir qismi pravoslav va katolik. Dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar. Sanoatda ham ishlaydilar.

Ensiklopediya.uz
ALBANLAR