
ALEZIYA haqida malumot bilib oling.
ALEZIYA — qad. gallar shaharqalʼasi (hoz. Dijon yaqinida, Fransiya). Mil. av. 52 y. da gallar qoʻzgʻoloni paytida Yu. Sezar qamal qilgan. Gallar Versingetorig rahbarligida Aleziyani mardona himoya qilganlar, ammo rimliklarning harbiy kuchi, texnikasining ustunligi tufayli, shuningdek oziq-ovqat yetishmovchiligi natijasida taslim boʻlganlar. Shu bilan Galliyani zabt etish yakunlangan. Arxeologik qazishmalar (1860-y. dan) natijasida Sezar bunyod etgan qamal inshootlari va xandaqlar ochilgan. Jang maydonidan Rim va gallar qurol-yarogʻlari, tangalar (mil. av. 52 y.) topilgan. Shahar Rim davrida ham mavjud boʻlgan: Rim teatri, ibodatxona va b. ochilgan. Oʻrta asrlarda shahar huvillab, boʻshab qolgan. Hozir Aleziya oʻrnida Aliz sh. xarobasi va Aliz-Sent-Ren qishlogʻi joylashgan.
Ensiklopediya.uz
ALEZIYA