ABULQOSIM BOBUR haqida malumot bilib oling.
ABULQOSIM BOBUR (1422, Hirot – 1457-y. mart, Mashhad) — temuriylardan, Boysunqur mirzoning oʻgʻli. Bobosi Shohrux mirzo qoʻl ostida tarbiyalangan. Xuroson taxti uchun kurashda gʻolib chiqib, 1449-y. fev. da A. B. Hirotni egallaydi. Temuriylarning Xurosondagi hukmdori (1149—57). 1454-y. da Samarqand uchun muvaffaqiyatsiz yurish qiladi va qirq kunlik qamaldan soʻng Sulton Abu Said b-n bitim tuzib, Hirotga qaytadi. Bitimga koʻra Amudaryo ilgarigidek ikkala davlat oʻrtasidagi chegara boʻlib qolgan. Abulqosim Bobur shoirlarni toʻplab mushoiralar oʻtkazgan va oʻzi ham turkiy, fors tillarida sheʼrlar yozgan.
Ensiklopediya.uz
ABULQOSIM BOBUR