ARALASH SILOS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARALASH SILOS haqida malumot bilib oling.

ARALASH SILOS — turli ozuqabop oʻsimliklarning koʻk poyasi, doni, ildizmevalarini konservalash (surlash) usuli bilan tayyorlanadigan ozuqa. Aksariyat parrandalar, choʻchqa va yosh buzoqlarni boqishda qoʻllaniladi. Aralash silos tayyorlash uchun namligi yuqori don, qand, nimqand va xashaki lavlagi, sabzi ildizmevalari va barglari, koʻk beda, kartoshka, qovoq va b. ning palaklari ishlatiladi. Aralash silos namligi 60 —70%, rN 4 — 4,3, sut kislotasi 70—75% boʻlishi kerak. 1 kg Aralash silos tarkibida 0,25—0,30 ozuqa birligi, 25—30 g hazm boʻluvchi protein, 20 —60 mg karotin va 30 g dan koʻp boʻlmagan miqdorda klechatka boʻladi. Aralash silosni tayyorlash, joylash va saqlash texnologiyasi qattiq nazo-rat qilinishi lozim. Aralash silos oson hazm boʻluvchi uglevodlar, organik kislotalar, vitaminlar va mineral tuzlarga boy (q. Silos).

Ensiklopediya.uz
ARALASH SILOS