ANNALLAR haqida malumot bilib oling.
ANNALLAR (lot. — yillik) — eng muhim voqealar yozib boriladigan yilnoma. Qad. Rimda bosh pontifik (kohin) buyrugʻiga binoan hamma muhim voqealar oq ganch bilan qoplangan taxtachalar ustiga yozib qoʻyilar edi. Annallar bizgacha saqlanmagan, ularning mazmuni annalistlar yoki ilk Rim tarixchilari asarlaridan maʼlum. «Annallar» degan nom keyinchalik oʻrta asrlar solnomasiga oʻtgan. Annallar juda qad. zamonlardan boshlab (mil. av. taxm. 5-a.) yozib borilgan.
Ensiklopediya.uz
ANNALLAR