ANEMOGRAF haqida malumot bilib oling.
ANEMOGRAF, anemorumbograf (yun. anemos — shamol, gropho — yozaman) — shamol tezligi va yunalishini qayd qiluvchi Oʻziyozar asbob. Shamol tezligini ham sezuvchi kism vazifasini anemometr, yunalishini koʻrsatuvchi qism vazifasini esa flyugerka (pirpirak) utaydi. Anemograf sezuvchi qismlarining koʻrsatishi qayd qiluvchi kiyemga elektr toki yordamida (tutashma Anemograf), baʼzan, mexanik va manometrik usullarda oʻtkaziladi.
Ensiklopediya.uz
ANEMOGRAF