AKUSTIKA MATERIALLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKUSTIKA MATERIALLARI haqida malumot bilib oling.

AKUSTIKA MATERIALLARItovush yutuvchi va qaytaruvchi materiallar. Akustika materiallarining tovush yutuvchanligi ulardagi gʻovaklarning yirik-maydaligiga va tutash-tutashmasligiga bogʻliq. Gʻovak betonlar, koʻp qatlamli gips taxtalar, akustik suvoq (gʻovak toʻldirgich va bogʻlovchi asosida tayyorlangan qorishma), mineral paxta va undan ishlangan namat, yogʻoch qipigʻidan va asbest-kartondan tayyorlangan taxtalar, qamish va somon taxtalar Akustika materiallari hisoblanadi. Bu materiallar sukunat talab etiladigan xona devorlariga va sanoat uskunalari tagiga qoʻyishda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
AKUSTIKA MATERIALLARI