ALTERNARIOZLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ALTERNARIOZLAR haqida malumot bilib oling.

ALTERNARIOZLAR — oʻsimliklarning zamburugʻli kasalliklari. Ekinlarda Alternariozlarni Alternaria turkumiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Kasallangan oʻsimlik toʻqimalari ustida saprofit zamburugʻ — alternariya toʻq jigarrang duxobasimon dogʻ-gʻubor hosil qilib rivojlanadi. Dogʻlar doirasida toʻqimalar asta-sekin oʻladi. Don ekinlari, kartoshka, olma, karam, nok, rezavorlar va b. ga katta zarar yetkazadi. Gʻoʻzada uchraydigan Alternariozlar chanoqlardagi pax-tani buzadi. Tola texnologik xususiyatlarini, chigit moydorlik va unuvchanligini yoʻqotadi. Oʻta namgarchilik, kuzning erta boshlanishi, hasharotlar (oʻsimlik bitlari, oʻrgimchakkana, koʻsak qurti) kasallikning tarqalishi va rivojlanishiga sabab boʻladi.

Kurash choralari: oʻsimlik qoldiqlarini yigʻishtirib olish, kuzgi shudgorlash, urugʻlikni dorilash, vegetatsiya davrida oʻsimlikka fungitsidlardan sinebning 1,5%li suspenziyasini purkash (yana q. Zamburugʻli kasalliklar).

Ensiklopediya.uz
ALTERNARIOZLAR