AL-MASJID al-HAROM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AL-MASJID al-HAROM haqida malumot bilib oling.

AL-MASJID al-HAROM (arab. muqaddas masjid) — Makkadagi Kaʼba ibodatxonasi va u bilan bogʻliq boʻlgan majmua. Qurʼonda shu nom bilan tilga olingan. Bu majmua qadimdan mavjud boʻlgan, arablarda islomgacha ham sigʻiniladigan muqaddas joylardan biri hisoblangan. Yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida 2-a. da Makka va undagi ibodatxonaning mavjudligi tilga olingan. 630-y. musulmonlar Makkani egallagach, Al-masjid al-Harom islom dinining markazi, eng mukaddas ibodatxona deb tanilgan. Al-masjid al-Harom majmuasining markazida Kaʼba va hovlisida Zamzam bulogʻi, ikki tepalik (Safo va Marva) bor. Tepaliklar tim bilan tutashtirilgan. Mayejid 1570-y. da majmua boʻlib shakllangan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (160*110 m), hovli atrofi 3—4 qatorli ravoqli ustunlar qatori bilan oʻralgan. Ustun (jami 550 ta)lar marmar va granitdan ishlangan. Boshasi muqarnaslar bilan bezatilgan. Shim. va jan.-gʻarbiy qismidagi koʻchaga qaragan peshayvon asosiy binodan bir oz tashqariga chiqarib qurilgan. Bino burcheklariga 7 salo-batli minora ishlangan [ulardan eng qadimiysi (757-y. da qurilgan) shim. qismida joylashgan, shimoli-sharqiy qismidagisi 15-a. da, qolganlari 16-a. boshlarida qurilgan]. Al-masjid al-Harom musulmonlar haj qiladigan mukaddas joy hisoblanadi. U gʻayrimuslimlar uchun yopiqdir. Oxirgi taʼmirlash ishlaridan soʻng Al-masjid al-Harom maydoni kengayib, 328 ming kv. m. ni tashkil etadi. Bu bir vaqtning oʻzida 730 ming, haj va umra paytlarida esa 1 mln. namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Haj marosimining boshlanishi va tugʻallanishida albatta Al-masjid al-Haromga kelib Kaʼba tavof qilinadi (234-b. dagi rasmga q.).

Ensiklopediya.uz
AL-MASJID al-HAROM