
ALAMKASH haqida malumot bilib oling.
ALAMKASH (taxallusi; asl ismi Ubaydullo Islom oʻgʻli) (1846 — hoz. Gʻallaorol tumani, Qizilqoʻrgʻon qishlogʻi — 1924) — shoir, xattot, tarjimon. Oʻz qishlogʻida maktab ochib, shu maktab oʻquvchilari uchun hisob ilmiga oid darslik tuzgan. Alamkashning 100 dan ortiq sheʼrdan tarkib topgan qoʻlyozma asari, 250 dan ortiq sheʼrni oʻz ichiga olgan devoni va mat. ga oid asari bizgacha yetib kelgan. Alamkash «Chor kitob»ni forschadan oʻzbekchaga erkin tarjima qilgan (1898). Asar Toshkentda toshbosmada 3-marta qayta nashr etilgan (1910, 1913, 1914). Devoni qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida (inv. № 11306) saqlanadi.
Ensiklopediya.uz
ALAMKASH