AKSEPT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKSEPT haqida malumot bilib oling.

AKSEPT (lot. acceptus — qabul qilingan) — 1) fuqarolik huquqida taklifda (ofertada) koʻrsatilgan shartlarda shartnoma tuzishga rozilik bildirish; xalqaro huquqda shartnoma shartlari bilan bogʻlanganlik toʻgʻrisida bir tomonlama ariza;

2) naqd pulsiz olib boriladigan hisob-kitobning asosiy shakli; tovarlar, xizmatlar, bajarilgan ishlar xaqini taqdim etilgan toʻlov talabnomasiga muvofiq toʻlashga rozilik yoki toʻlashni kafolatlash. Mahsulot (xizmat) yet-azib beruvchi tomonidan toʻlov talabnomasi yozilib, toʻlov summasini xaridor hisob varagʻidan oʻz hisob varagiga oʻtkazish uchun bankka taqdim etiladi. Bankda toʻlov talabnomasini qondirish toʻlovchi Aksept (roziligi) bilan oʻtkaziladi. Belgilangan qoidaga koʻra toʻlovchi talabni Aksept qilishi yoki yozma ravishda rad etishi mumkin. Akseptni asossiz rad etgan toʻlovchi yetkazib beruvchi hisobiga jarima toʻlaydi.

Ensiklopediya.uz
AKSEPT