AZEOTROP ARALASHMALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZEOTROP ARALASHMALAR haqida malumot bilib oling.

AZEOTROP ARALASHMALAR — haydalganda ajralmaydigan va tarkibi oʻzgarmaydigan eritmalar. A. a. ning mavjudligini ilk bor 1810-y. da ingliz kimyogari va fizigi J. Dalton aniqlagan. Baʼzi Azeotrop aralashmalar tarkibidagi alohida komponentlarga qaraganda ancha yuqori t-rada, baʼzilari esa pastroq t-rada qaynaydi. Mac, 95,57% etil spirti (78,5° da qaynaydi) va 4,43% suvdan (100° da qaynaydi) iborat aralashma 78,15° da qaynaydigan Azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Aksincha tarkibida 69,2% nitrat kislota (84° da qaynaydi) va 30,8% suv boʻlgan Azeotrop aralashmalar esa 121,8° da qaynaydi. Uch va undan ortiq mod-dalar aralashmasi ham Azeotrop aralashmalar boʻlishi mumkin. Tashqi bosim oʻzgarishi b-n A. a. ning qaynash t-rasi, tarkibi oʻzgaradi, shundan foydalanib, Azeotrop aralashmalar tarkibiy qismlarga kimyoviy yoʻl bilan turli bosim ostida haydab ajrati-ladi.

Ensiklopediya.uz
AZEOTROP ARALASHMALAR