ADOLAT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADOLAT haqida malumot bilib oling.

«ADOLAT»Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (SDP) gaz. 1995-y. 22 fev. dan Toshkentda chiqa boshlagan. Haftada bir marta chop etiladi. Muassisi: Oʻzbekiston «Adolat» SDP Siyosiy kengashi va «Adolat» gaz. ijodiy jamoasi. Oʻzbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya qoidalariga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topgan adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yuzasidan «Adolat» SDP olib borayotgan faoliyatni keng yoritish gazetaning asosiy vazifasidir. Tahririyat huzurida yuristlar, iqtisodchi olimlar, tadbirkorlardan tashkil topgan jamoatchilik kengashi faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida oʻz muxbiriga ega. Adadi — 10 ming (2000).

Ensiklopediya.uz
Adolat