AVNIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVNIK haqida malumot bilib oling.

AVNIK, Oʻnik — Sharqiy Anadoluda, Arzirum sh. dan sharqroqdagi qalʼa. Koʻsatogʻ etagida joylashgan. Avnik 10—11-a. boshlarida armanlarning Ani podsholigi davrida barpo qilingan. Amir Temurning dushmani Qora Muhammadning istehkomi boʻlgan. Sohibqiron A. ni «besh yillik yurishi» (1392—96) paytida, 1394-y. 18-iyunda qamal qilgan va bir yarim oydan soʻng, 1 avg. da zabt etgan. Qalʼaga kutvol qilib Atalmish Havchin qoʻyilgan. Biroq Amir Temur 1395-y. Toʻxtamishxonga qarshi yurishga ketgan paytda Qora Muhammadning oʻgʻli Qora Yusuf fursatdan foydalanib Avnikni egallagan. Amir Temur «yetti yillik yurish» (1399—1404) paytida 1401-y. qalʼani ikkinchi marta olgan.

Ashraf Ahmedov.

Ensiklopediya.uz
AVNIK