AKKRA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AKKRA haqida malumot bilib oling.

AKKRAGana Respublikasi poytaxti (1957-y. dan), Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi pasttekislikda. Katta Akkra poytaxt okrugi sifatida ajratilgan. Akkra — mamlakatning eng yirik shahri. Aholisi 1,2 mln kishi (1997). Akkra — Gananing muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Transport yoʻllari tuguni, port va xalqaro aeroport mavjud. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik korxonalari, elektr uskunalari z-di bor. Kustar usulda oltin va kumushdan zargarlik buyumlari yasaladi. Un-t, Fanlar akademiyasi (1961), yirik milliy muzey, musiqa va drama maktabi, doimiy dramatik studiya, kinofilm ishlab chiqaruvchi korporatsiya va b. madaniy-maorif muassasalari bor. Akkra — serdaraxt koʻrkam shahar. A. oʻrnida dastlab ga elatiga mansub qabilalardan birining qishlogʻi boʻlgan. Shaharga 16-a. da asos solingan. 1876—1957-y. larda Oltin Qirgʻoq mustamlakachi maʼmurlarining qarorgohi. Oʻrta asrda qurilgan fort (qalʼa)lar saqlangan.

Ensiklopediya.uz
AKKRA