AZLAROV Tursun Abdurahimovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AZLAROV Tursun Abdurahimovich haqida malumot bilib oling.

AZLAROV Tursun Abdurahimovich (1938, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), prof. (1974), fizika-mat, fanlari d-ri (1973). ToshDU ni tugatgan (1960). ToshDU da hamda Oʻzbekiston FA V. I. Romanovskiy nomidagi matematika in-tida ishlagan (1960-y. dan), Oʻzbekiston Res-publikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi oʻrinbosari (1992—95).

Ilmiy ishlari limit teoremalarga, ommaviy xizmat koʻrsatishning matematik nazariyasiga va uzluksiz funksiyalarni chiziqli musbat operatorlar yordamida yaqinlashtirish muammolariga bagʻishlangan. Azlarov lokal teoremalarda bir tekis baholash masalasi; gʻalvirsimon taqsimotlarning ayrim sinflari uchun teoremalar; tekis taqsimlangan va butun son qiymatli tasodifiy miqdor hamda vektorlarning ayrim sinflari uchun lokal limit teoremalarning integral teoremalarga ekvivalentligi masalalari bilan shugʻullandi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Ensiklopediya.uz
AZLAROV Tursun Abdurahimovich