ADAM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ADAM haqida malumot bilib oling.

ADAM (Adam) Robert (1728.3.7, Kerkoldi — 1792.3.3, London) — ingliz meʼmori va binokor. 18-a. ingliz klassitsizmining yirik vakili. Edinburg unversitetida oʻqigan (1743-y. dan). Yevropa mamlakatlariga sayohatga chiqib qad. yodgorliklarni oʻrgangan (1754 — 58). 1761 — 68 y. larda qirollik meʼmori. Akasi Jeyms b-n hamkorlikda ratsional mujassamotda chorbogʻlar (Londondagi Kenvudxaus, 1767 — 69) va jamoat binolari (Edinburgdagi un-t, 1789 — 93), shahar mavzelari (Londondagi Adelfi, 1768 — 72), 2 — 3 qavatli turar joy binolari va b. qurishgan. Adam qad. meʼmorlikka suyanib, mumtoz uslubdagi nafis bezak shakllaridan foydalangan. Binoning ichki qismini bezash va uy jihozlari joylashishiga katta ahamiyat bergan.

Ensiklopediya.uz
ADAM