AVTOFAZALASH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVTOFAZALASH haqida malumot bilib oling.

AVTOFAZALASH — siklik tezlatgichlarda katta energiyali zaryadlangan zarralar dastasining orbitada turgʻunligini taʼminlash uchun zarralar guruhining oʻrtacha aylanish chastotasini tezlashtiruvchi oʻzgaruvchan elektr maydon chastotasiga avtomatik tarzda tenglashtirib turish. Avtofazalash prinsipini 1944-y. da rus fizigi V. I. Veksler va mustaqil ravishda 1945-y. da amerikalik olim E. Makmillan taklif etgan. Avtofazalash asosida tezlatgichlarning quyidagi asosiy turlari: sinxrotron va mikrotron — elektronlar tezlatgichi, fazatron (sinxrotsiklotron) va sinxrofazatron — protonlar tezlatgichi ishlab chiqilgan. Juda katta (yuzlab MeV va undan yuqori) energiyada ishlaydigan barcha siklik tezlatgichlar Avtofazalash asosida loyihalangan.

Ensiklopediya.uz
AVTOFAZALASH