AVVAL ADIRLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
AVVAL ADIRLARI haqida malumot bilib oling.

AVVAL ADIRLARIFargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi bir-biriga parallel ikki qator qir. Ularni 6 km kenglikdagi vodiy ajratib turadi. Shim. qir shim.-sharqqa 10—12 km choʻzilgan, eni 2,5—3 km. Mutlaqbal. 600 m, eng baland joyi 680 m. Jan. qir sharqda Moʻyon adirlariga tutashib ketadi, uz. 8 km, eni 4 km, eng baland joyi 923 m. Adirlar, asosan, toʻrtlamchi davrning shagʻal toshli jinslaridan tarkib topgan va eng yangi tektonik harakatlar natijasida koʻtarilgan. Yuzasi yassi, jan. yon bagʻri tik, shim. yon bagʻri qiyalanib borib keng tekislik hosil qiladi. Soylar adirlarni boʻlib-boʻlib yuborgan. Avval adirlari neft va yer osti suvlariga boy, tipik boʻz tuproqlarda efemerlar va efemeroidlar, baʼzan shuvoq tarqalgan. Adirlarning ayrim joylari lalmi va sugʻorma dehqonchilikda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
AVVAL ADIRLARI