ANOD-MEXANIK ISHLOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ANOD-MEXANIK ISHLOV haqida malumot bilib oling.

ANOD-MEXANIK ISHLOV — metall buyumga elektrolit muhitida elektr kimyoviy va elektr erozion tarzda taʼsir etib ishlov berish usuli. Rus olimi V. N. Gusev ixtiro qilgan (1943). Ishlanuvchi detal va elektrod asbob elektrolit (anod eritmasi) ichiga botiriladi va zanjirga past kuchlanishli (25—30 V) oʻzgarmas tok ulanadi (rasm). Elektrod asbobning materiali sifatida kam uglerodli poʻlat olinadi. Elektrod asbob detal sirtidagi himoya pardasini yemirishi natijasida uning ostida tok zichligi ortib, elektrolit taʼsirida metall yemiriladi. An.-m. i. stanoklarida metallarni toʻgʻri va egri chiziq boʻylab kesish, qattiq qotishmali keskichlarni charxlash, silliqlash va b. ishlarni bajarish mumkin. Bu usul hozir ham qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
ANOD-MEXANIK ISHLOV