AXBAXOʻJAKASPI DOVONI haqida malumot bilib oling.
AXBAXOʻJAKASPI DOVONI — Surxondaryo viloyati bilan Tojikiston Respublikasi chegarasidagi dovon. Machitli tizma togʻining shim.-sharqiy qismida, Kishtut daryosi, Xoʻjakaspi irmogʻining yuqori oqimida joylashgan. Bal. 3870 m. Gʻarbiy yon bagʻirlari qor va muzliklar bilan qoplangan va sharqiy yon bagʻriga nisbatan qiyaroq. Axbaxoʻjakaspi dovoni orqali yoz oylarida Xoʻjakaspi daryosi vodiysidan Sandaldaryo vodiysiga oʻtiladi.
Ensiklopediya.uz
AXBAXOʻJAKASPI DOVONI