ANTALKID SULHI haqida malumot bilib oling.
ANTALKID SULHI, Shohona sulh (mil. av. 386) — mil. av. 395—387 ylardagi Korinf urushidan soʻng Sarda sh. da Sparta bilan Afina va Fiva boshchiligidagi yunon polislari oʻrtasida imzolangan. Sparta elchilari rahbari Antalkid nomidan olingan. Antalkid sulhi shartlarini amalda yunonlarga Eron davlati qoʻygan. Eron dastlab Spartaga qarshi, soʻngra Sparta bilan birga Afinaga qarshi urushgan. Eron tarkibiga Kichik Osiyodagi yunon shaharlari, Kipr o. va Klazomena qoʻshib olingan, yunon polislariga muxtoriyat berilgan, faqat Lemnos, Imbros va Skirosgina Afina qoʻl ostida qoldirilgan, barcha siyosiy ittifoklar (Peloponnes ittifokidan boshqa) tarkatib yuborilgan. Ax. Spartaning Yunonistondagi xukm-ronlik mavqeini oshirgan. Yunoniston yunon-fors urushlari (mil. av. 500—449) davrida erishgan yutuqlaridan mahrum boʻlgan, mamlakatda siyosiy tarqoqlik, oʻzaro nizolar kuchaygan.
Ensiklopediya.uz
ANTALKID SULHI