Odatiy tormozlash tizimi va ABS tormozlash tizimi o‘rtasidagi farq nimadan iborat ?

Odatiy tormozlash tizimi va ABS tormozlash tizimi o‘rtasidagi farq nimadan iborat ?
odatiy tormozlash tizimi va abs tormozlash tizimi ortasidagi farq nimadan iborat 65ca6ee7af8e0

/ Avto Olam / От

DO`STLARGA ULASHING:

Odatiy tormozlash tizimi va ABS tormozlash tizimi o‘rtasidagi farq nimadan iborat ?

Mashinaning tormozlash tizimi haqida gap ketganda odamlar ABS(Anti-lock braking system) yoki blokirovkaga qarshi tormoz tizimi aslida nima ekanligiga va uning funsksiyasi nimadan iborat ekanligini qiziqib so‘rashadi.

Oddiy tormoz tizimi

avtomobilni to‘xtatish uchun (friction)ishqalanishdan foydalanadi. Tormoz pedalini bosganingizda, tormoz kalodkalari rotorlarga suriladi, bu ishqalanish hosil qiladi va mashinani sekinlashtiradi(4-rasm) Agar siz juda qattiq tormoz qilsangiz, g‘ildiraklar qulflanib yoki aylanmay qolishi mumkin, bu esa avtomobil boshqaruvini yo‘qotishingizga olib keladi.

ABS tormoz tizimi

ABS tormoz tizimi tormoz bosimini nazorat qilish uchun kompyuterdan foydalanadi. Tormoz pedalini bosganingizda, kompyuter har bir g‘ildirakning tezligini nazorat qiladi. Agar u g‘ildirakning qulflanishini aniqlasa, u tormoz bosimini soniyaning bir qismiga bo‘shatadi. Bu g‘ildirakning aylanishini davom ettirishga imkon beradi va avtomobilni boshqarishni yo‘qotishdan saqlaydi.

🧐Oddiy va ABS tormoz tizimlari o‘rtasidagi farqlar

Yuqoridagi 1 va 2 rasmlarga e’tiboring bering, u yerda ikkala tormoz tizimi harakat traektoriyasi tasvirlangan. ABS tizimlari sizning to‘xtash masofangizni qisqartirishi mumkin. Buning sababi shundaki, ABS tizimlari g‘ildiraklarning qulflanishiga to‘sqinlik qiladi va sizga yo‘llarda manyovr qilish imkoniyatini tug‘diradi, bu esa avtomobilni boshqarish va tormozlashni yanada samaraliroq qilish imkonini beradi.

⚠️Xulosa

ABS tormoz tizimlari baxtsiz hodisalardan qochishga yordam beradigan qimmatli xavfsizlik xususiyatidir. Agar siz yangi mashina xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, ABS bilan jihozlanganini tanlaganingizga ishonch hosil qiling. Agarda sizning mashinangizda ABS tormoz tizimi bo‘lmasa mashina boshqarayotganingizda albatta tormoz pedalini iloji boricha yumshoq bosishga harakat qiling va masofani saqlang, sababi mashinada g‘ildiraklar aylanmay qolishi hisobiga hech qanday manyovr amalga oshirolmaysiz va mashina to‘g‘ri chiziqli harahat qilishda davom etadi bu esa jiddiy oqibatlarga olib kelishi amalda ko‘p guvohi bo‘lganmiz.

@Avtomexanik_07

Odatiy tormozlash tizimi va ABS tormozlash tizimi o‘rtasidagi farq nimadan iborat ?