Ustozga ehtirom
Ustozga ehtirom Ilk bora qoʻlimga ushlatib qalam, Navoiy sabogʻin oʻrgatgan onda, Ustozim sochiga qoʻnibdi qirov, Ustozim dilida, qalbida mangu, Ustoz-chun jonimni aylagum fido, Soxta qalam bilan, soxta til bilan, Fargʻona viloyati Fargʻona tumani 3-sonli oʻrta taʼlim maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Muyassar DjurayevaUstozga ehtirom
DO`STLARGA ULASHING:
Ona deb yozishni oʻrgatdi, ustoz.
Jajji yuragimga berib ziyoni,
Vatan deb yonishni oʻrgatdi, ustoz
Farhodday mard, jasur boʻlgandi, ustoz.
Qodiriyni ayblab otishgan deya,
Mushtini alam-la tukkandi, ustoz.
Olsinlar sochimning tolalarini.
Mehrli koʻzlari nurdan qolibdi,
Berayin koʻzimning qoralarini.
Oʻzbekning sharqiroq qoni oqadi.
Ustozim tilida shirin bir tuygʻu,
Shuning uchun ul zot kulib boqadi.
Ul zot meni ilmga qildilar gado.
Maʼrifat yoʻlida, bilim yoʻlida,
Qaniydi bir umr boʻlsaydim ado.
Ustozi shaʼniga sheʼr bitdi demang.
Shogird Sarv pokiza asl dil bilan,
Mehribon ustozin madh etdi xolos.
Ustozga ehtirom