Siydik tuta olmaslik
Siydik tuta olmaslik Yosh bolalarda bu Enurez deb ataladi va asosan tungi vaqtda peshobni tutolmaslik kuzatiladi. • bu kasallik deb atash uchun bola 6 yoshga kirishi kerak. Sababi peshobni borligini bildiruvchi nervlar siydik qopi devorida va nerv sistemasida 6 yoshda takomillashadi. Bolangizda 6 yoshdan oshganda ham peshob tutolmayaptimi demak o‘sha nervlar takomili turli sabablar tufayli kechikmoqda. Chorasi • peshob budilniklari ya’ni bolani kechasi ma’lum vaqtda turg‘azib siyishga odatlantirish. • yotishdan avval mumkin qadar kamroq suv ichirish • stresslardan asrash ( ko‘pincha ota ona janjali tufayli bola shunday bo‘lib qoladi. • Dorilardan oxirgi yillarda desmopressin va tritsiklik antidepresantlar yaxshi efekt bermoqda. Zinxor o‘zingizga davo qilmang. Doktor buyursin. Desmopressinlarning burunga yoki tabletka ko‘rinishida bor. Ammo arzon turmaydi 200-300 o‘rtasida • bola ichki kiyimlarini ozoda va kengroq bo‘lishini ta’minlang • yotadigan joyi xam qulay bo‘lsin. • siyib qo‘ysa uyaltirmang, urmang va stressga solmang. Butun umrga shunday bo‘lib qolishi mumkinSiydik tuta olmaslik
DO`STLARGA ULASHING:
Siydik tuta olmaslik