Hurram Hasaki Sulton haqida
Hurram Hasaki Sulton haqida
DO`STLARGA ULASHING:
1621—1622 yillarda usmoniy sulton huzuriga tashrif qilgan Rechi Pospolita elchiligini a’zosi, shoir Samuil Tvardovskiyning yozishicha, unga turklar Roksalana Rogatinalik pravoslav ruxoniyning qizi ekanini aytishgan ekan. Galina Yermolenkoning ta’kidlashicha, Tvardovskiy xabari tatarlar tarafidan o‘g‘irlab ketilgan va sulton haramiga sotilib yuborilgan Rogatinalik Nastusenka ismlik sohibjamol qiz haqidagi bukovinaning qadimiy xalq qo‘shiqlari bilan ham tasdiqlanadi.
Sulton haromiga tushishdan oldingi hayoti haqida tafsilotlar XIX asr adabiyotlarida ham paydo bo‘ldi. Polsha adabiyotida, uning haqiqiy ismi Aleksandra bo‘lgani va u Rogatiklik ruhoniy Gavrila Lisovskogoning qizi bo‘lganligi aytiladi. XIX asr Ukraina adabiyotida uning ismi Anastasiya ekani aytiladi. Bu talqinni sovet tarixchilari ham qabul qilgan.Mixail Orlovskiyning «Roksolanami yo Anastasiya Lisovskaya», degan tarixiy asaridagi talqiniga ko‘ra, Roksolananing Ragatinadan emas, balki Chemeroves[15]dan ekani aytiladi.Hurram Yevropada Roksolana ismi bilan mashhur bo‘lgan. Bu ism 1589 yili Parijda nashr qilingan lotin tilidagi “Turkiya qaydnomasi”da Muqaddas Rim imperiyasining Usmoniy sultonligidagi elchisi Oger Gizelin de Busbek tarafidan o‘ylab topilgan.Bu asarda u Hurramning hozirgi g‘arbiy Ukrainadanligi, ismi esa Roksolana bo‘lganini XVI asrda Rech Pospolitadagi bu hududlar Roksolaniya deb nomlangani bilan asoslagan.
1521 yili Sulaymonning uch farzandidan ikkitasi vafot qildi. Yagona valiahd shahzoda bo‘lib Mustofo qoladi. O‘lim xavfi yuqori bo‘lib turgan sharoitlarda bu xolat sulola uchun xavfli, xatarli edi. Shuning uchun ham Hurramning shahzodalarni dunyoga keltirishi, unga saroyda kerakli qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lishiga imkon berdi. Sultonning yangi ma’shuqasi bilan Mohidavron o‘rtasidagi nizoni Sulaymonning onasi Hafsa sulton bosdi-bosdi qilib turar edi. 1521 yili Hurram Mehmed, deb ism olgan o‘g‘lonni dunyoga keltirdi. Bir yildan so‘ng esa, Mihrimah ismlik qizni dunyoga keltirdi. Undan keyin tug‘ilgan Abdulloh uch yoshida vafot qilgan. 1524 Salim tug‘ildi. Keyingi yil esa, Boyazid dunyoga keldi. 1531 yili eng ohirgi o‘g‘li bo‘lgan Jahongirni tug‘di.
1534 yili volida sulton vafot qildi. Bundan bir yil oldin, 1533 yili Hurramning azaliy raqibasi Mohidavron balog‘atga yetgan o‘g‘li Mustafo bilan Manisga jo‘nab ketdi. 1536 yili vaziri a’zam Ibrohim posho sulton Sulaymon buyrug‘iga ko‘ra qatl qilinib, mulki musodara etildi. Volida sultonning o‘limi va vaziri a’zamning qatl etilishi Hurramning o‘z iqtidorini kuchaytirish uchun yo‘l ochdi.
Xafsa o‘limidan so‘ng, Hurram hali ungacha hech kim erishmagan narsalarga erishishiga muvaffaq bo‘ldi. U rasman Sulaymon rafiqasi bo‘lib oldi. Sultonning joriyaga uylanishini man qiladigan hech qanday qonun bo‘lmasa ham usmoniylar saroiy bunga qarshi bo‘ldi. O‘shanda o‘smoniy sultonligida “qonun” va “an’ana” bir so‘z – “qonun” deb atalar edi. Nikoh valiymasi, dabdabali bo‘lgan bo‘lishi mumkin, biroq bu haqida manbalarda hech qanday ma’umot uchramaydi. Ehtimol to‘y 1534 yili bo‘lib o‘tgan, biroq aniq sana ma’lum emas. Xurramning o‘ziga xos holatga ega bo‘lishi, sulton Sulaymon tarafidan u uchun maxsus berilgan xasaki unvonidan ham bilinadi.
Juda ko‘p vaqtini safarda o‘tkazadigan sulton Sulaymon, saroyda bo‘layotgan narsalarni faqat Hurram makublari orqali voqif bo‘lar edi. Sultonning Hurramga bo‘lgan muhabbati va sog‘inchi ifoda qilingan maktublari saqlanib qolgan. Hurram siyosiy masalalarda ham maslahatchi bo‘lgan. Lesli Pirsning aytishicha Sulaymon avvalgi bosqichda onasi bilan yozishma xatlaridan ma’lumot olib turgan, chunki Hurram sulton u vaqtlarda tilni yaxshi bilmagan. Hurramning avvalgi maktublari rasmiy idora uslubida yozilgani ham saroydagi kotiblarning biri yordamida yozilganidan darak beradi.
O‘z davrining ilmli ayollaridan bo‘lgan Hurram Hasaki Sulton horijiy mamlakat elchilarini ham qabul qilgan, chet el hukmdorlarining va boshqa davlat arboblari, rassomlari maktublariga ham javob bergan. Uning tashabbuslari bilan Istanbulda bir nechta masjid, hammom va madrasalar qurilgan.
Edirnadan qaytgach, biroz muddat o‘tib, 1558 yili 15 yoki 18 aprel kuni uzoq davom etgan kasallik yoki zaharlanishi oqibatida Hurram Sulton vafot qiladi. Bir yil o‘tib uning jasadi Me’mor Sinon tarafidan qurilgan sakkiz burchakli muhtasham maqbara ichiga olib o‘tiladi. Hurram qabri Sulaymon qabri yaqinida Sulaymaniya masjidining chap tarafida joylashgan. Hurram maqabarasi ichida, sulton Sulaymon singlisi Hadicha sulton qizi Xanim Sulton qabri ham bor.
Farzandlari:Hurram sultonga 6 ta farzand tug‘ib bergan:
O‘g‘illari:
Mehmed (1521—1543)
Abdulla (1523—1526)
Salim (28 may 1524 — 13 dekabr 1574)
Boyazid (1525 — 25 sentyabr 1561)
Jahongir (1531—27 noyabr 1553)Qizi:
Mihrimax (21 mart 1522— 25 yanvar 1578)
Sulaymon Qonuniy o‘g‘illaridan faqat Salimgina otasining o‘limini ko‘rdi. Qolganlari, hususan Mustafo ham, taxt uchun kurashda o‘lib ketdi. (Mehmeddan tashqari, u 1543 yili vafot qilgan). Ba’zi tadqiqotchilarga ko‘ra, u qora chechakdan o‘lgan, boshqa talqinga ko‘ra, u o‘z o‘limi bilan vafot qilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Mustofaning o‘limiga aynan Hurram sulton fitnalari sabab bo‘lgan: taxtga o‘zining o‘g‘lini chiarish uchun, otasini unga qarshi qayragan. Sulaymon Qonuniyning buyrug‘iga ko‘ra, Mustafo bo‘g‘ib o‘ldirilgan. Ukasi Johongir akasining o‘lmidan qattiq iztirob, qayg‘u-hasrat sababli dunyodan ko‘z yumagani haqida rivoyatlar bor.Boyazid akasi Salimni o‘ldirish rejasi muvoffaqiyatsizligidan so‘ng, o‘ziga tegishli 12 ming odam bilan Eronga qochadi. U usmoniylar sultonligi bilan urush holatida bo‘lgan Eron tarafiga o‘tib ketishi sotqinlik deb e’lon qilinadi. Keyinroq, sulton Sulaymon Qonuniy Forslar bilan tinchlik sulhini tuzadi va Eron shohi Taxmas I bilan 4 000 oltin tanga evaziga Boyazid tarafdorlarini o‘ldirishga, o‘zini esa farzandlari bilan (kichik o‘g‘li uch yoshda bo‘lgan) sulton elchilariga topshirish bo‘yicha kelishadi. Sulaymon o‘z o‘g‘lini o‘limga hukm etadi. 25 sentyabr 1561 yili hukm ijro qilinadi.
Tarix fani professori, sulton harami bo‘yicha asarlar muallifi Lesli Pirs, Hurramgacha sultonlarning ma’shuqalari ma’shuqa-mahbuba va taxt uchun valiyahd shahzoda onasi bo‘lish kabi ikkiata vazifani ado qilishi kerak edi, deb ta’kidlaydi. O‘g‘il tuqqach, ayolning ma’shuqaligi qolmas edi. U o‘g‘li bilan ma’lum bir viloyatga borib, shahzoda otasining o‘rnini egallaganicha, shu yerda qolib tarbiyalanishi lozim edi. Hurram esa, har ikkala vazifaning uddasidan chiqqan birinchi ayol edi. Bu esa o‘z-o‘znida an’alar ta’sirida bo‘lgan saroy ahlining qattiq g‘azabini keltirar edi. Uning o‘g‘illari balog‘atga yetgach, u farzandlari bilan ma’lum viloyatga birga bormadi, balki poytaxtda qoldi. Aynan shu bilan Hurram atrofida paydo bo‘lgan salbiy tasavvurlarni izohlash mumkin. Bundan tashqari u yana bir usmoniy sulton saroyining bitta ma’shuqa bitta farzand ko‘rishi mumkin, degan odatini buzdi. Zamondoshlari Hurramning bu narsalarga qanday erishganiga izoh topa olmay, Sulaymonni sehrlab olgan deyishar edi. Makkor va riyo parast obrazi ba’zi o‘zgarishlar bilan g‘arb tarixchilarining kitoblariga ham ko‘chib o‘tgan.
Madaniyatdagi o‘rni
O‘z farzandlari bilan birga yashaydigan, o‘z viloyatlarida qurilish ishlarini olib borish huquqiga ega bo‘lgan, o‘zidan oldingilar hamda boshqa shahzodalarning onaridan farqli ravishda Xurram Usmoniy sultonligining yirik shaharlari hamda Istanbulda diniy va hayriya ishlari uchun inshoatlarni qurish huquqiga ega bo‘ldi. U o‘z nomi bilan atalgan jamg‘armani tashkil qildi. Mazkur jamg‘armaga tushgan mablag‘lar hisobidan Oq Saroy hududida ayollar (xasaki) bozori qurildi. Bular ichida masjid, madrasa, boshlang‘ich maktab, shifoxona va fontan bor. Bu Istambulda bosh me’mor lovozimini egallagan me’mor Sinon tarafidan qurilgan, kattaligi jihatidan, Mehmet II (tur. Fatih Camii) va Suleymaniye (tur. Süleymanie) komplekslaridan keyin uchinchi o‘rinda turgan. Yana boshqa ko‘p hayriya va diniy imoratlarni ham qurilishiga sababchi bo‘lgan.
Hurram Hasaki Sulton haqida