Garri Trumen haqida

Garri Trumen haqida
garri trumen haqida 65ca8f9615f01

501f311d3ec73a807bcfb

Garri Trumen haqida

Mundarija скрыть
Garri Trumen haqida
DO`STLARGA ULASHING:
AQSHning 33-prezidenti. Independensdagi (Missuri shtati) maktabda o‘qigan, keyin Uest-Poyntdagi harbiy akademiyaga kirishga urinib ko‘rgan, lekin ko‘rish qobiliyati yaxshi emasligi sababli qabul qilinmagan. Kollejda o‘qish uchun mablag‘i yo‘qligi uchun Kanzas-Sitiga ketdi, u yerda har qanday ishni bajardi, milliy gvardiyaga yozildi va bankda yugurdak bo‘lib ishladi. 1906-1917 yillari otasining Grandavodagi (Missuri shtati) fermasini boshqardi. 1945 – 1953 yillarda Demokratik partiyadan AQSH prezidenti; 1945 yili yanvardan aprelgacha – vitse-prezident. XiroSima va Nagasakiga atom bombasini tashlash haqida buyruq bergan. NATO (National Atlantic Treaty Organization, NATO) yaratishning tashkilotchilaridan biri. Missurilik Garri S. Trumen juda yoqimsiz prezident edi. 1951 yilning dekabrida amerikaliklarning faqat 23 foizigina uning faoliyatini ijobiy baholagan. Prezident 1953 yili o‘z lavozimini tark etganida faqat aholining 31 foizi uning boshqaruvidan rozi bo‘lgandi, ayni paytda 50 foiz undan rozi emasligini bayon qilgandi. Hatto Richard Nikson ham Uotergeyt janjalining eng quyi nuqtasida 24 foizdan yuqoriroq ko‘rsatkichga ega bo‘lgandi. O‘limidan keyin G. Trumenga tarixchilar va jamoatchilikning bergan baholari bu raqamlarga qarama-qarshi bo‘ldi. 1982 yili tarixchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda AQSH tarixida o‘tgan prezidentlar orasida unga sakkizinchi o‘rin berilgandi. 1980 yili Gollap instituti o‘tkazgan so‘rovda u, hatto Jon Kennedi va Franklin D.Ruzveltdan keyin uchinchi o‘rinni ham olgandi. Shunday qilib yoqimsiz, mashhur bo‘lmagan prezident o‘limidan so‘ng Amerikaning milliy qahramoni darajasigacha ko‘tarildi.
1914 yili otasining o‘limidan keyin G. Trumen ferma rahbarligini o‘z qo‘liga oldi va real muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu hududdagi boshqa fermerlardan farqli o‘laroq, G, Trumen almashlab ekishni joriy qildi va yirik shoxli mollarni ko‘paytirdi. U o‘zining sherigi bilan Oklaxomadagi rux va mis konlariga mablag‘ kiritdi hamda neft qazib chiqarilishida ishtirok etdi, lekin bu ish omadsiz bo‘lib chiqdi. Ana shu davrda unda siyosatga qiziqish uyg‘ondi. U Vudro Vilsonning AQSH prezidenti qilib saylanishini yoqlab chiqdi, milliy gvardiyag‘a kirdi va jahon urushi davrida general Pershing qo‘mondonligi ostida Fransiyadagi frontda jang qildi. 1919 yilning aprelida kapitan unvonida armiyadan bo‘shadi va o‘zining Independensdagi o‘smirlik sevgilisi Elizabet Uolles Fermenga uylandi. Elizabet juda kamsuqum ayol edi. Keyinchalik Vashingtondagi hayotlarida ham, G. Trumen uni muhim siyosiy qarorlardan doimo xabardor qilib turganligiga qaramasdan, jamiyat hayotida qariyb ishtirok etmasdi. G. Trumen sherigi bilan o‘z vatanida erkaklar ko‘ylagi do‘konini ochdi. 1921—1922 yillardagi iqtisodiy inqiroz do‘konning yopilishiga olib keldi. Shundan so‘ng G. Trumenning keyingi yillarda to‘lashi lozim bo‘lgan 25000 dollar qarzi qoldi, xolos. Tadbirkorlik korxonasi singanidan keyin G. Trumen boshqaruvning saylanib qo‘yiladigan mansabdori bo‘lish imkoniyatidan foydalandi. G. Trumen juda yomon notiq edi, lekin uning ko‘pgina yaxshi tomonlari ham bor edi: u Janubning eng qudratli partiyasi bo‘lgan demokratlarning tarafdori edi, uni saylov okrugidagilar bilar edilar va sobiq polkdoshlari qo‘llab-quvvatlardilar. Jekson okrugidagi uning «raislik qiluvchi sudya» sifatidagi asosiy faoliyati okrugda yo‘llarning ahvoli uchun mas’uliyatni, oqova suvlarni oqizib yuborish va qariyalar hamda boshqa yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun uylarni boshqarishni qamrab olardi.
50 yoshida G. Trumen Vashingtonga Missuri shtatining gubernatori sifatida keldi. Uning federal siyosatda tajribasi yo‘q edi, lekin u yirik okrugning raislik qiluvchi sudya»si sifatida inqiroz paytida federal hukumat muhtoj aholi uchun nimalar qilishi mumkinligini ko‘rgandi. Prezident F. Ruzvelt bilan birinchi uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tdi va G. Trumen «Yangi yo‘nalishl»ning e’tiqodli tarafdori bo‘lib chiqdi. U ishga boshi bilan sho‘ngib ketdi va uning omadi yurishib, komitetlardan biriga tayinlandi. Masalan, ana shu tarzda u havo yo‘lini tartiblashtiruvchi qonunni tuzishda ishtirok etdi, temir yo‘llarning rahbarlari orasidagi yashirin firibgarliklarni aniqlashda obro‘ orttirdi va virginiyalik Bert Uiler bilan birgalikda 1940 yili transport haqidagi qonunni tayyorladi. Shu yili uncha katta bo‘lmagan farq bilan qayta saylanganidan so‘ng, u federal hukumatning qurollantirish dasturini tadqiq etish bo‘yicha favqulodda komitetni boshqardi. Yaponlarning Pyorl-Xarborga qilgan hujumlaridan keyin katta ahamiyat kasb etgan faoliyati tufayli Trumen unga 1944 yili vitse-prezident lavozimiga yo‘l ochgan milliy mashhurlikka erishdi. G. Trumenning vitse-prezidentlikka ko‘tarilishining asosiy sababi shunda ediki, demokratik partiyaning rahbariyati so‘l qanot tarafdori, Senatga hech qanaqa ta’sir o‘tkaza olmaydigan xayolparast deb biladigan vitse-prezident Genri Uollesning qaytadan saylanishiga qat’iyan qarshi bo‘ldi. 1944 yilning noyabrida nisbatan katta bo‘lmagan farq bilan demokratlar partiyasining talabasidan keyin TruMenning vitse-prezidentligi favqulodda hodisalarsiz o‘tdi. U harbiy konferensiyalarda ishtirok etmadi va uni Manxetten loyihasidan, atom bombasining yaratilishidan xabardor qilishmadilar.
Jahon urushi tugaganidan keyin goliblarning ittifoqini saqlab qolishning iloji yo‘qligi ma’lum bo‘lib qoldi. Sovet hukumati Amerikaning rejalashtirish organlari tomonidan markaziy deb hisoblangan institutlar — Butunjahon banki va Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlik qilishdan voz kechdi. Albatta, bu kelishmovchiliklarning sabablari faqatgina Stalinning qilgan harakatlaridagina emasdi, biroq Trumen uchun unga o‘z so‘zida turmaydigan davlat arbobi qarshi turganligi aniq edi. Bundan Trumen, Sovet Ittifoqi hech qanaqasiga kuchlar tengligini saqlash uchun g‘arb bilan yaqinlashmoqchi emas, ular imkoni bo‘lgan hamma yerda o‘z hukmronligini o‘rnatishga harakat qiladi, degan xulosa chiqardi. G. Trumen va ko‘pchilik amerikaliklar totalitar davlat deb hisoblanadigan Sovet Ittifoqi o‘z manfaatlarini amalga oshirish uchun kuchiga yoki zo‘ravonlik xavfini solishga ishonadi deya hisoblardi. Amerikalik diplomat, rus tarixining ajoyib bilimdoni Jorj Kennen hech qachon sovet tashqi siyosatini sof goyaviy nuqtai nazardan tushuntirishga urinmagan bo‘lsa ham, uning 1946 yilning yanvarida Moskvadan yuborgan «uzun telegramma»si baribir ham Vashington tutgan siyosatning qattiqlashishiga ko‘maklashdi. Farbiy Yevropa uchun sovet xavfi, u qanchalik bir tomonlama va muammoli bo‘lmasin, taxmin qilinishidan, AQSHІ milliy manfaatlari xavfsizligi yo‘lida Farbiy Yevropa xavfsizligini qo‘llabquvvatlash va ta’minlash zaruratigacha uncha uzoq emasdi. Farbiy Yevropa va Yaponiyaga Qo‘shma Shtatlar himoya tizimida strategik ahamiyat ajratilgan edi. Pentagon ham, davlat departamenti ham, maxfiy xizmatlar ham, prezident G. Trumenning o‘zi ham Sovet Ittifoqi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvni kutmagandi. Ana shunday mulohazalarga ko‘ra, avvaliga Sovet Ittifoqi va Germaniyaga qarshi qaratilgan «ikki karra jilovlashlar siyosati» paydo bo‘ldi. U mamlakatlarning ulkan miqyosdagi harbiy tengliklarini o‘rnatishi va ayni paytda, kelajakda Yevropa va Yaponiyada sovet siyosatiga qarshi kurashishi mumkin bo‘lgan yangi kuchlar markazlarini hosil qilishi lozim edi. 1947 yili Kongressni Gretsiya va Turkiyaga, go‘yoki hokimiyatni kommunistlar egallashi xavfidan asrab qolish uchun, harbiy va siyosiy yordam berishga chaqirar ekan, «Trumen doktrinasi»ni e’lon qildi.
«Marshall rejasi»ning ham asosiy maqsadini xavfsizlik siyosati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqmoq kerak. Bu Farbiy Yevropani ochlik, kambagallik va chorasizlikning tarqatilishi yo‘li bilan xarob qilishni to‘xtatishga bo‘lgan urinish edi. «Marshall rejasi» Yevropa davlatlariga berilishi lozim bo‘lgan, lekin to‘liq amalga oshmagan ikki tomonlama yordamning o‘rnini bosishi kerak edi va Yevropada kuchlarning tengligini hosil qilishga mo‘ljallangandi. Ana shu muhitda NATOning yaratilishi, shunchaki harbiy birlashmani tuzishgina emasdi, aslida bu nazarda tutilgan bo‘lsa ham, iqtisodiy jilovlash siyosatiga siyosiy qo‘shimcha ham edi. Boshlangich sabab Buyuk Britaniya va Fransiyaning Amerikadan yordam talab qilishi bo‘ldi. NATo shartnomasi Yevropani himoya qilish majburiyatini o‘z-o‘zidan yuklab qo‘yavermasdi, bunday harakatlarni Kongressning roziligiga boglardi. HATo faqat 1951 yildagina Amerika qo‘shinlariga ega bo‘ldi. Harbiylar ham, G. Trumen ham NATOning tashkil qilinishi AQSHning Yevropada doimiy ishtiroki bilan bog‘liq, degan fikrdan kelib chiqmagan edilar. Biroq G. Trumen ma’muriyatining siyosati birinchi sovet atom bombasining muvaffaqiyatli sinovlari ta’siri ostida va keyinchalik NSC-68 (1950) sifatida ma’lum bo‘lgan, Milliy xavfsizlik Kengashi o‘tkazgan Amerika xavfsizlik siyosatining tahlili tufayli o‘zgardi. Lekin G. Trumen uchun hal qiluvchi davr 1950 yilning iyunida Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreyaga hujum qilishi bo‘ldi va mojaro «ikkinchi Gretsiya» sifatida hamda Sovet Ittifoqining tashabbusi bo‘yicha harbiy tajovuzning boshlanishi bilan izohlandi. Falastinga munosabat bo‘yicha siyosatda Oq uy bilan tashqi ishlar ministrligi o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud edi. Trumen Falastinda Isroil davlati tashkil etilishiga ijobiy munosabatda edi, chunki ommaviy qirg‘in qurbonlariga achinardi. G. Trumenning 1948 yil mayida Isroil davlatini tan olish haqidagi qarori hali Amerikaning Isroil davlatini yashab ketishga bergan kafolatini anglatmasdi, lekin u AQSHning Yaqin Sharq inqiroziga kirishishining boshlanganligini bildirardi.
Agar prezident G. Trumen bilan kasaba uyushmalari o‘rtasidagi munosabatlar tez-tez qarama-qarshi bo‘lib turgan bo‘lsa, uning yirik sanoatga bo‘lgan munosabati ham bundan yaxshi emas edi. 1952 yili Po‘lat quyish sanoatida mojaro paydo bo‘lganida prezident uzoq o‘ylab o‘tirmasdan, 1952 yilning 8 aprelida po‘lat quyish zavodlarini, toki janjal hal bo‘lguniga qadar, hukumat ixtiyoriga berishga qaror qildi. Trumenning eng bahsli ichki siyosatga taalluqli qarorlariga betaraflik dasturini, Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizlik siyosatini so‘l siyosiy buzg‘unchilarni nazorat qilish vositasida ta’minlashga urinish kiradi. Garri Trumen bilan Amerika Kongressi o‘rtasidagi munosabatlar ko‘pgina jihatlar tufayli keskinlashgandi: 1948 yili, u prezident qilib saylanganidan keyin, 25 moddadan iborat bo‘lgan «Adolatli yo‘l» dasturini bayon qildi. U narxlar, kreditlar, sanoat mahsulotlari, eksport, oylik maoshlar va kvartira to‘lovlari ustidan nazoratni qamrab olardi. Unda fuqarolikhuquqiy qonunchiligi, arzon uy-joy, eng kam ish haqining soatiga 75 sentga ko‘tarilishi, Taft-Xartli qonunidan voz kechish, bemorlik holatini albatta sugurtalash, ijtimoiy xavfsizlikni yaxshiroq ta’minlash va ta’lim tizimi uchun federal yordamni kengaytirish va’da qilingandi. Kongressda respublikachilar ko‘pchilikni tashkil etgani uchun bu izzattalab dasturni amalga oshirishning iloji yo‘q edi, lekin u hali ham rivojlanmagan Amerika ijtimoiy tizimini Yevropa darajasida kengaytirish yo‘nalishini belgilab berardi.

DO`STLARGA ULASHING:

Garri Trumen (08.05.1884, Lamara(Missuri shtati) – 26.12.1972, Kanzas-Siti)
AQSHning 33-prezidenti. Independensdagi (Missuri shtati) maktabda o‘qigan, keyin Uest-Poyntdagi harbiy akademiyaga kirishga urinib ko‘rgan, lekin ko‘rish qobiliyati yaxshi emasligi sababli qabul qilinmagan. Kollejda o‘qish uchun mablag‘i yo‘qligi uchun Kanzas-Sitiga ketdi, u yerda har qanday ishni bajardi, milliy gvardiyaga yozildi va bankda yugurdak bo‘lib ishladi. 1906-1917 yillari otasining Grandavodagi (Missuri shtati) fermasini boshqardi. 1945 – 1953 yillarda Demokratik partiyadan AQSH prezidenti; 1945 yili yanvardan aprelgacha – vitse-prezident. XiroSima va Nagasakiga atom bombasini tashlash haqida buyruq bergan. NATO (National Atlantic Treaty Organization, NATO) yaratishning tashkilotchilaridan biri.
Missurilik Garri S. Trumen juda yoqimsiz prezident edi. 1951 yilning dekabrida amerikaliklarning faqat 23 foizigina uning faoliyatini ijobiy baholagan. Prezident 1953 yili o‘z lavozimini tark etganida faqat aholining 31 foizi uning boshqaruvidan rozi bo‘lgandi, ayni paytda 50 foiz undan rozi emasligini bayon qilgandi. Hatto Richard Nikson ham Uotergeyt janjalining eng quyi nuqtasida 24 foizdan yuqoriroq ko‘rsatkichga ega bo‘lgandi. O‘limidan keyin G. Trumenga tarixchilar va jamoatchilikning bergan baholari bu raqamlarga qarama-qarshi bo‘ldi. 1982 yili tarixchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda AQSH tarixida o‘tgan prezidentlar orasida unga sakkizinchi o‘rin berilgandi. 1980 yili Gollap instituti o‘tkazgan so‘rovda u, hatto Jon Kennedi va Franklin D.Ruzveltdan keyin uchinchi o‘rinni ham olgandi. Shunday qilib yoqimsiz, mashhur bo‘lmagan prezident o‘limidan so‘ng Amerikaning milliy qahramoni darajasigacha ko‘tarildi.
1914 yili otasining o‘limidan keyin G. Trumen ferma rahbarligini o‘z qo‘liga oldi va real muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu hududdagi boshqa fermerlardan farqli o‘laroq, G, Trumen almashlab ekishni joriy qildi va yirik shoxli mollarni ko‘paytirdi. U o‘zining sherigi bilan Oklaxomadagi rux va mis konlariga mablag‘ kiritdi hamda neft qazib chiqarilishida ishtirok etdi, lekin bu ish omadsiz bo‘lib chiqdi. Ana shu davrda unda siyosatga qiziqish uyg‘ondi. U Vudro Vilsonning AQSH prezidenti qilib saylanishini yoqlab chiqdi, milliy gvardiyag‘a kirdi va jahon urushi davrida general Pershing qo‘mondonligi ostida Fransiyadagi frontda jang qildi. 1919 yilning aprelida kapitan unvonida armiyadan bo‘shadi va o‘zining Independensdagi o‘smirlik sevgilisi Elizabet Uolles Fermenga uylandi. Elizabet juda kamsuqum ayol edi. Keyinchalik Vashingtondagi hayotlarida ham, G. Trumen uni muhim siyosiy qarorlardan doimo xabardor qilib turganligiga qaramasdan, jamiyat hayotida qariyb ishtirok etmasdi. G. Trumen sherigi bilan o‘z vatanida erkaklar ko‘ylagi do‘konini ochdi. 1921—1922 yillardagi iqtisodiy inqiroz do‘konning yopilishiga olib keldi. Shundan so‘ng G. Trumenning keyingi yillarda to‘lashi lozim bo‘lgan 25000 dollar qarzi qoldi, xolos. Tadbirkorlik korxonasi singanidan keyin G. Trumen boshqaruvning saylanib qo‘yiladigan mansabdori bo‘lish imkoniyatidan foydalandi. G. Trumen juda yomon notiq edi, lekin uning ko‘pgina yaxshi tomonlari ham bor edi: u Janubning eng qudratli partiyasi bo‘lgan demokratlarning tarafdori edi, uni saylov okrugidagilar bilar edilar va sobiq polkdoshlari qo‘llab-quvvatlardilar. Jekson okrugidagi uning «raislik qiluvchi sudya» sifatidagi asosiy faoliyati okrugda yo‘llarning ahvoli uchun mas’uliyatni, oqova suvlarni oqizib yuborish va qariyalar hamda boshqa yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun uylarni boshqarishni qamrab olardi.
50 yoshida G. Trumen Vashingtonga Missuri shtatining gubernatori sifatida keldi. Uning federal siyosatda tajribasi yo‘q edi, lekin u yirik okrugning raislik qiluvchi sudya»si sifatida inqiroz paytida federal hukumat muhtoj aholi uchun nimalar qilishi mumkinligini ko‘rgandi. Prezident F. Ruzvelt bilan birinchi uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tdi va G. Trumen «Yangi yo‘nalishl»ning e’tiqodli tarafdori bo‘lib chiqdi. U ishga boshi bilan sho‘ngib ketdi va uning omadi yurishib, komitetlardan biriga tayinlandi. Masalan, ana shu tarzda u havo yo‘lini tartiblashtiruvchi qonunni tuzishda ishtirok etdi, temir yo‘llarning rahbarlari orasidagi yashirin firibgarliklarni aniqlashda obro‘ orttirdi va virginiyalik Bert Uiler bilan birgalikda 1940 yili transport haqidagi qonunni tayyorladi. Shu yili uncha katta bo‘lmagan farq bilan qayta saylanganidan so‘ng, u federal hukumatning qurollantirish dasturini tadqiq etish bo‘yicha favqulodda komitetni boshqardi. Yaponlarning Pyorl-Xarborga qilgan hujumlaridan keyin katta ahamiyat kasb etgan faoliyati tufayli Trumen unga 1944 yili vitse-prezident lavozimiga yo‘l ochgan milliy mashhurlikka erishdi. G. Trumenning vitse-prezidentlikka ko‘tarilishining asosiy sababi shunda ediki, demokratik partiyaning rahbariyati so‘l qanot tarafdori, Senatga hech qanaqa ta’sir o‘tkaza olmaydigan xayolparast deb biladigan vitse-prezident Genri Uollesning qaytadan saylanishiga qat’iyan qarshi bo‘ldi. 1944 yilning noyabrida nisbatan katta bo‘lmagan farq bilan demokratlar partiyasining talabasidan keyin TruMenning vitse-prezidentligi favqulodda hodisalarsiz o‘tdi. U harbiy konferensiyalarda ishtirok etmadi va uni Manxetten loyihasidan, atom bombasining yaratilishidan xabardor qilishmadilar.
1945 yil 12 aprelda F. Ruzveltning o‘limidan so‘ng G. Trumen prezidentlik lavozimiga o‘tirganida hech qanaqa ko‘ngilsiz holatga duch kelmadi. Yevropadagi urush oxirlamoqda edi. Oxirgi konferensiyada sovet-amerika munosabatlari sezilarli darajada yomonlashgandi. Sharqiy Yevropani rivojlantirish bo‘yicha va nemislarning taslim bo‘lishlariga bir necha kun qolganda Trumen tugatgan qarzga yoki arendaga berish tizimi bo‘yicha kelishmovchiliklar boshlandi. Boshqa tomondan, G. Trumen F. Ruzvelt ma’muriyatining eng muhim siyosiy va iqtisodiy loyihalarini: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Butunjahon banki va Xalqaro valyuta fondini tuzishni davom ettirdi. G.Trumen I.Stalin bilan yaxshi munosabatlardan manfaatdor edi va ayni paytda, F.Ruzvelt singari, Britaniya premer-ministri Uinston Cherchillning olib borayotgan siyosati bilan ba’zi bir muammolarga ega edi.
G. Trumen AQSHga qaytib kelayotib, «Augusta» kreyseri bortida bo‘lgan vaqtida, ya’ni 1945 yil 6 avgustda birinchi atom bombasining Xirosimaga tashlangani haqida xabar oldi. UI. Stalinni hali 24 iyuldayoq yangi quroldan xabardor qilgandi, lekin gap atom bombasi haqida ketayotganini aniq aytmagandi. Bu bilan Yaponiyaga qarshi urush ancha qisqarishi, ehtimol, ruslar Yaponiyaga qarshi urush e’lon qilishlarini amalga oshirishlaridan ancha oldin yakun topishi unga aniq edi.
Keyinchalik Xirosima va Nagasakiga bomba tashlanishini tez-tez tanqid qildilar. Ehtimol, Yaponlarni ogohlantirish, sinov portlashi o‘tkazish yoki, hech bo‘lmaganda, ikkala portlash o‘rtasida ko‘proq vaqt qoldirish ma’qul bo‘lardi, deyishdi tanqidchilar. Ehtimol, G.Trumenga yaponlarning urush olib borish usullari katta ta’sir ko‘rsatgandir: yaponlarning Perl-Xarborga hujumi to‘satdan berilgan zarba bo‘ldi, Filippinda yaponiyaliklar asirlarning o‘lim marshini o‘tkazganlar, urush vaqtida harbiy asirlarning qiynoqqa solinishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. TruMenning o‘zi, portlatish haqidagi qarordan afsus chekmaslik kerak deb hisoblardi. Uning fikriga ko‘ra, portlashlar bostirib kirilganda o‘ldiriladigan yuz minglab amerikaliklar va yaponiyaliklarning hayotini saqlab qolgan. Trumen atom bombasida eng avvalo, agar gap Qo‘shma Shtatlarning hayot-mamoti haqida ketadigan bo‘lsa, kelajakda faqat Sovet Ittifoqi bilan yuzma-yuz to‘qnashuvdagina qo‘llash mumkin bo‘lgan siyosiy qurolni ko‘rardi.
Jahon urushi tugaganidan keyin goliblarning ittifoqini saqlab qolishning iloji yo‘qligi ma’lum bo‘lib qoldi. Sovet hukumati Amerikaning rejalashtirish organlari tomonidan markaziy deb hisoblangan institutlar — Butunjahon banki va Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlik qilishdan voz kechdi. Albatta, bu kelishmovchiliklarning sabablari faqatgina Stalinning qilgan harakatlaridagina emasdi, biroq Trumen uchun unga o‘z so‘zida turmaydigan davlat arbobi qarshi turganligi aniq edi. Bundan Trumen, Sovet Ittifoqi hech qanaqasiga kuchlar tengligini saqlash uchun g‘arb bilan yaqinlashmoqchi emas, ular imkoni bo‘lgan hamma yerda o‘z hukmronligini o‘rnatishga harakat qiladi, degan xulosa chiqardi. G. Trumen va ko‘pchilik amerikaliklar totalitar davlat deb hisoblanadigan Sovet Ittifoqi o‘z manfaatlarini amalga oshirish uchun kuchiga yoki zo‘ravonlik xavfini solishga ishonadi deya hisoblardi. Amerikalik diplomat, rus tarixining ajoyib bilimdoni Jorj Kennen hech qachon sovet tashqi siyosatini sof goyaviy nuqtai nazardan tushuntirishga urinmagan bo‘lsa ham, uning 1946 yilning yanvarida Moskvadan yuborgan «uzun telegramma»si baribir ham Vashington tutgan siyosatning qattiqlashishiga ko‘maklashdi. Farbiy Yevropa uchun sovet xavfi, u qanchalik bir tomonlama va muammoli bo‘lmasin, taxmin qilinishidan, AQSHІ milliy manfaatlari xavfsizligi yo‘lida Farbiy Yevropa xavfsizligini qo‘llabquvvatlash va ta’minlash zaruratigacha uncha uzoq emasdi. Farbiy Yevropa va Yaponiyaga Qo‘shma Shtatlar himoya tizimida strategik ahamiyat ajratilgan edi. Pentagon ham, davlat departamenti ham, maxfiy xizmatlar ham, prezident G. Trumenning o‘zi ham Sovet Ittifoqi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvni kutmagandi. Ana shunday mulohazalarga ko‘ra, avvaliga Sovet Ittifoqi va Germaniyaga qarshi qaratilgan «ikki karra jilovlashlar siyosati» paydo bo‘ldi. U mamlakatlarning ulkan miqyosdagi harbiy tengliklarini o‘rnatishi va ayni paytda, kelajakda Yevropa va Yaponiyada sovet siyosatiga qarshi kurashishi mumkin bo‘lgan yangi kuchlar markazlarini hosil qilishi lozim edi. 1947 yili Kongressni Gretsiya va Turkiyaga, go‘yoki hokimiyatni kommunistlar egallashi xavfidan asrab qolish uchun, harbiy va siyosiy yordam berishga chaqirar ekan, «Trumen doktrinasi»ni e’lon qildi.
«Marshall rejasi» yana ham ko‘proq ahamiyatga ega edi. Vashingtondagi rejalashtirish organlari o‘zlarining asosiy maqsadlari sifatida bundan buyon Farbiy Yevropadagi iqtisodiy turgunlikning oldini olish, kommunistik mafkuraning tarqalishi uchun oziqlanuvchi manba deb hisoblangan iqtisodiy tartibsizlikni to‘xtatish va Farbiy Yevropadagi demokratiyani iqtisodiy va siyosiy birlashuvga undash, deb belgilagan edilar. Revizionistik tarixchilar Trumen Marshall rejasi asosida Farbiy Germaniyani Farbga mahkam bog‘lab qo‘yib, Germaniyaning bo‘linishiga qonuniy kuch berganligida ayblashdi.
NATOning tashkil qilinishi ham G. Trumen prezidentligining birinchi muddatiga to‘g‘ri keldi. Berlindagi «havo ko‘prigi» singari NATOning rivojlanishi ham Trumen siyosiy qarorlarning psixologik ahamiyatini anglaganini ko‘rsatib turibdi. NATO va Berlin «havo ko‘prigi»ning yaratilishi Sovet Ittifoqiga siyosiy ogohlantirishlar sifatida qaralmogi kerak edi. Har ikkala harakatda ham gap mudofaa tashkilotlari haqida borardi. Farbiy Yevropa xalqlarida Qo‘shma Shtatlar o‘z taqdirini demokratiyaning bundan keyingi taraqqiyoti bilan mahkam bog‘lagan, degan taassurot paydo qilish lozim edi.
Umumiy shov-shuvga qaramasdan, G. Trumen AQSHdan «Dunyo jandarmi» sifatida foydalanishi uchun unda maqsad ham, harbiy vosita ham yo‘q edi. Trumen ma’muriyatining 1950 yilgacha bo‘lgan xavfsizlik siyosatida gap haqiqiy yoki taxminiy sovet bosqinchilik harakatlarining iqtisodiy asosi haqida borardi. G. Trumenning doktrinasi, asosan, Amerika jamoatchiligiga va Yevropada iqtisodiy mutanosiblashtirish uchun moliyaviy vositalar berishi lozim bo‘lgan, lekin unga qarshilik ko‘rsatayotgan Kongressga mo‘ljallangan edi.
«Marshall rejasi»ning ham asosiy maqsadini xavfsizlik siyosati nuqtai nazaridan ko‘rib chiqmoq kerak. Bu Farbiy Yevropani ochlik, kambagallik va chorasizlikning tarqatilishi yo‘li bilan xarob qilishni to‘xtatishga bo‘lgan urinish edi. «Marshall rejasi» Yevropa davlatlariga berilishi lozim bo‘lgan, lekin to‘liq amalga oshmagan ikki tomonlama yordamning o‘rnini bosishi kerak edi va Yevropada kuchlarning tengligini hosil qilishga mo‘ljallangandi. Ana shu muhitda NATOning yaratilishi, shunchaki harbiy birlashmani tuzishgina emasdi, aslida bu nazarda tutilgan bo‘lsa ham, iqtisodiy jilovlash siyosatiga siyosiy qo‘shimcha ham edi. Boshlangich sabab Buyuk Britaniya va Fransiyaning Amerikadan yordam talab qilishi bo‘ldi. NATo shartnomasi Yevropani himoya qilish majburiyatini o‘z-o‘zidan yuklab qo‘yavermasdi, bunday harakatlarni Kongressning roziligiga boglardi. HATo faqat 1951 yildagina Amerika qo‘shinlariga ega bo‘ldi. Harbiylar ham, G. Trumen ham NATOning tashkil qilinishi AQSHning Yevropada doimiy ishtiroki bilan bog‘liq, degan fikrdan kelib chiqmagan edilar. Biroq G. Trumen ma’muriyatining siyosati birinchi sovet atom bombasining muvaffaqiyatli sinovlari ta’siri ostida va keyinchalik NSC-68 (1950) sifatida ma’lum bo‘lgan, Milliy xavfsizlik Kengashi o‘tkazgan Amerika xavfsizlik siyosatining tahlili tufayli o‘zgardi. Lekin G. Trumen uchun hal qiluvchi davr 1950 yilning iyunida Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreyaga hujum qilishi bo‘ldi va mojaro «ikkinchi Gretsiya» sifatida hamda Sovet Ittifoqining tashabbusi bo‘yicha harbiy tajovuzning boshlanishi bilan izohlandi. Falastinga munosabat bo‘yicha siyosatda Oq uy bilan tashqi ishlar ministrligi o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud edi. Trumen Falastinda Isroil davlati tashkil etilishiga ijobiy munosabatda edi, chunki ommaviy qirg‘in qurbonlariga achinardi. G. Trumenning 1948 yil mayida Isroil davlatini tan olish haqidagi qarori hali Amerikaning Isroil davlatini yashab ketishga bergan kafolatini anglatmasdi, lekin u AQSHning Yaqin Sharq inqiroziga kirishishining boshlanganligini bildirardi.
Keyingi yillarda Trumen ma’muriyatining ichki siyosati o‘ziga kuchli e’tiborni jalb qildi. G. Trumen o‘z siyosatini «Yangi yo‘nalish» bilan tenglashtirardi, biroq unda F. Ruzveltning liberal maslahatchilari bilan kelishmovchiliklar mavjud edi, ular G. Trumenni prezidentning merosini tashlab qo‘yishda yoki uni kengaytirmayotganlikda ayblar edilar. Oxir-oqibatda gap bu yerda mavjud kelishmovchiliklardan ko‘ra ko‘proq siyosatdagi shaxsiy uslub muammosi ustida borardi va 1948 yili ko‘pgina «Yangi yo‘nalish»ning liberal tarafdorlari prezidentlik uchun saylovoldi kurashlarida G. Trumenni qo‘llab-quvvatladilar.
g. Trumen amalga oshirgan katta ichki siyosiy o‘zgarishlarga armiyada irqiy ajratishlarni bekor qilganligi kiradi. Inson huquqlari uchun kurashning boshlanish vaqti deb G. Trumenning prezidentlik davrini Hisoblash to‘gri bo‘lardi, chunki prezident armiyadan tashqari qora tanlilarning jamiyatlagi manfaatlari haqida ham qayg‘urdi. U ayrim shtatlarda saylov soligini bekor qilish uchun ovoz berdi, olomon qilishning qonun asosida taqiqlanishini qo‘llab-quvvatladi va o‘zining Missuridagi rangli (oq tanli bo‘lmagan) saylovchilarning manfaatlarini ta’minlash va qora tanlilarga kasb egallash imkoniyatlarini berish taklifini Kongressga kiritdi. Biroq janubiy shtatlardan «Dixitecrats» deb atalmish konservativ demokratlarning qarshiligi tufayli islohotlarning bundan keyin davom ettirilishi juda qiyin bo‘ldi.
Agar prezident G. Trumen bilan kasaba uyushmalari o‘rtasidagi munosabatlar tez-tez qarama-qarshi bo‘lib turgan bo‘lsa, uning yirik sanoatga bo‘lgan munosabati ham bundan yaxshi emas edi. 1952 yili Po‘lat quyish sanoatida mojaro paydo bo‘lganida prezident uzoq o‘ylab o‘tirmasdan, 1952 yilning 8 aprelida po‘lat quyish zavodlarini, toki janjal hal bo‘lguniga qadar, hukumat ixtiyoriga berishga qaror qildi. Trumenning eng bahsli ichki siyosatga taalluqli qarorlariga betaraflik dasturini, Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizlik siyosatini so‘l siyosiy buzg‘unchilarni nazorat qilish vositasida ta’minlashga urinish kiradi. Garri Trumen bilan Amerika Kongressi o‘rtasidagi munosabatlar ko‘pgina jihatlar tufayli keskinlashgandi: 1948 yili, u prezident qilib saylanganidan keyin, 25 moddadan iborat bo‘lgan «Adolatli yo‘l» dasturini bayon qildi. U narxlar, kreditlar, sanoat mahsulotlari, eksport, oylik maoshlar va kvartira to‘lovlari ustidan nazoratni qamrab olardi. Unda fuqarolikhuquqiy qonunchiligi, arzon uy-joy, eng kam ish haqining soatiga 75 sentga ko‘tarilishi, Taft-Xartli qonunidan voz kechish, bemorlik holatini albatta sugurtalash, ijtimoiy xavfsizlikni yaxshiroq ta’minlash va ta’lim tizimi uchun federal yordamni kengaytirish va’da qilingandi. Kongressda respublikachilar ko‘pchilikni tashkil etgani uchun bu izzattalab dasturni amalga oshirishning iloji yo‘q edi, lekin u hali ham rivojlanmagan Amerika ijtimoiy tizimini Yevropa darajasida kengaytirish yo‘nalishini belgilab berardi.
G. Trumen prezidentligining ikkinchi muddati vaqtida u bilan Kongress orasidagi kelishmovchiliklar kuchaydi, chunki respublikachilar, keskin tarzda, Maoning kommunistlariga «Xitoyni boy berish»da prezidentni aybladilar. Trumen ikki muddati davomida to‘rtta Kongressga qarshi turdi, bunda har safar ko‘pchilik uning ichki siyosatiga nisbatan o‘ngroqda bo‘lardi. U o‘zining vorisi qilib Illinoysning gubernatori Ellay Stivensonni tanladi, lekin u ommaviy mashhurlikda general Duayt D. Eyzenxauerga tenglasha olmasdi. Trumen o‘z esdaliklarida, prezident bo‘lish katta qarorlar qabul qilish vaqtida yolg‘iz, juda ham yolgiz bo‘lish, demakdir», deb yozgandi.
g. Trumen 1972 yil 26 dekabr kuni, 88 yoshida Kanzas-Sitida vafot etdi. Dafn marosimida AQSH prezidenti L. Jonson uni «Yigirmanchi asr pahlavoni» deb baholadi. Ulimidan keyin shu singari ijobiy baho berilishlariga asosiy sabablardan biri shunda ediki, ko‘pgina shaxsiy hujumlarga qaramasdan, arxivlar ochilishi bilan tobora aniq bo‘lib bora yotibdiki, G. Trumen kuchli iroda egasi bo‘lgan, qiyin holatlarda qarorlarni o‘zi qabul qilgan va ulardan hech qachon chekinmagan.
Biz insoniyat tarixidagi eng dahshatli qurolni yaratdik… Bu qurol Yaponiyaga qarshi qo‘llanadi… shunday qo‘llanadiki, ayollar va bolalar emas, harbiy qurilmalar, soldatlar va dengizchilar unga nishon bo‘ladilar. Hatto yaponlar yovvoyi, shafqatsiz, yovuz va mutaassib bo‘lsalar ham, biz dunyo rahbarlari sifatida umumiy manfaat uchun bu dahshatli bombani eski poytaxtga ham, yangisiga ham tashlay olmaymiz. (Garri Trumen)

Garri Trumen haqida