Lev Davidovich Trotskiy haqida

Lev Davidovich Trotskiy haqida
lev davidovich trotskiy haqida 65ca8f8d5aa77

ce3f564f3329f2085f7dd

Lev Davidovich Trotskiy haqida

Mundarija скрыть
Lev Davidovich Trotskiy haqida
DO`STLARGA ULASHING:
(xaqiqiy ism-familiyasi Leyba Davidovich Bronshteyn) (26.10.(07.11.) 1879, Yanovka qishlog‘i, Xerson guberniyasi -21.08. 1940, Koyoakan, Meksika) 1897 yildan sotsial-demokrat, 1903-1904 yillari – menshevik. 1905 yilning oktabr-noyabrida — Yanovskiy familiyasi ostida ishchi deputatlari Peterburg Kengashining raisi. Qamoqqa olingan va Sibirda abadiy yashashga hukm qilingan, biroq tayinlangan joyga borishda yo‘ldan qochib ketgan. 1912 yili V.I. Lenin va bolsheviklarga qarshi yo‘naltirilgan Avgust uyushmasini tashkil qilgan. Birinchi jahon urushining boshlarida Parijda urushga qarshi «Nashe slovo» («Bizning so‘zimiz») gazetasini (menshevik L. Martov bilan birgalikda) chop etdi va Fransiyadan chiqarib yuborildi. 1916 yili AQSHda «Noviy mir» («Yangi dunyo») gazetasini chiqardi, unda o‘zining permanent (uzluksiz) inqilob haqidagi goyasini tashviqot qildi. 1917 yilning yozida bolsheviklar partiyasiga RSDRP Rayonlararo tashkiloti a’zosi sifatida kirdi. Iyulning boshlarida ishchilarni muddatidan ilgari qurolli chiqish qilmaslikka chaqirdi, lekin shunga qaramasdan 23 iyulda muvaqqat hukumat tomonidan qamoqqa olindi. 2 sentyabrda ozod qilindi. 25 sentyabrda Petrograd ishchi va soldat deputatlari kengashining raisi bo‘ldi va Tasir kengashiga saylovlarga RSDRPdan 40 ta nomzad ro‘yxatiga kiritildi. 1917 yil oktabridagi qo‘zg‘olonni tayyorlashda katta hissa qo‘shgan. Inqilobdan keyin tashqi ishlar xalq komissari, harbiy va dengiz ishlari bo‘yicha xalq komissari, Respublika Inqilobiy harbiy kengashi raisi, RKP (b) mk siyosiy byurosining va Komintern Ijroiya komitetining a’zosi, Partiya ichidagi barcha bahslarda qatnashgan. 1927 yili partiyadan chiqarildi, 1929 yili SSSRdan badarga qilingan. 1932 yili Sovet fuqaroligidan mahrum qilingan. Emigratsiyada bo‘lgan davrida qizg‘in siyosiy faoliyatini davom ettirgan. Meksikada NKVD agenti R.Merkader tomonidan o‘ldirilgan.
L. Trotskiy qamoqda birga o‘tirgan ishchilarning ta’siri ostida markschi bo‘ldi. 1900 yili Irkutsk guberniyasiga surgun qilindi va u yerdagi viloyat nashrlarida ko‘plab maqolalar chop qildi. 1902 yili xotini va ikki qizini butunlay tashlab, Odessa qamoqxonasi nazoratchisi Trotskiyning nomiga yozilgan qalbaki pasport bilan chet elga qochib ketdi, bu familiya oqibatda uning taxallusiga aylandi. Londonda L. Trotskiy V. Lenin bilan tanishdi, uni «Gayratli va qobiliyatli o‘rtoq» deb baholadi. U V.I. Zasulich, Yu.0. Martovlar bilan ham tanishdi, «Iskra» («Uchqun») gazetasining xodimi bo‘ldi, Parijdagi rus emigrantlariga leksiyalar o‘qidi. Umrining oxirigacha u bilan shon-shuhratni ham, ta’qiblarni ham baham ko‘rgan ukrainalik muhojir N.I. Sedovaga uylandi. 1903 yili RSDRP II s’ezdi delegati sifatida asosiy masalalar bo‘yicha V.I. Lenin va P.V. Plexanovlarni qo‘llab-quvvatladi, lekin partiya ustavi haqidagi bahslarda yu.0. Martovning nuqtai nazarini ma’qulladi, chunki partiyaning shaxsiy hukmronlik o‘rnatilgan radikal-fitnachilar guruhiga aylanib ketish xavfi bo‘lgan faol Inqilobchilarning qattiq intizomli tashkilotiga aylanishini ma’qul deb bilmadi. 1904 yilgacha mensheviklar bilan hamkorlik qildi, biroq ulardan uzoqlashgandan so‘ng ham bolsheviklarga qo‘shilmadi. «Uzluksiz inqilob» nazariyasini ishlab chiqdi, uning ma’nosini o‘zi shunday ifodalaydi: «Sotsialistik inqilob milliy hududda boshlanadi, internatsional maydonda rivojlanadi va jahon miqyosida yakunlanadi». 1905 yili birinchi rus inqilobi boshlanganida L. Trotskiy Rossiyaga qaytib keldi va Unda faol ishtirok etdi; dekabrda Peterburg Kengashi raisi etib saylandi. hibsga olindi va 1906 yili Tobolskka surgun qilindi, lekin yo‘lda chet elga qochib ketdi. Londonda RSDRPning s’ezdida qatnashdi; rasman fraksiyalarga qo‘shilmagan holda bolsheviklar bilan mensheviklarni yarashtirishga urindi. L. Trotskiy Venada joylashib oldi va xalqaro sotsialistik harakatning ko‘zga ko‘ringan namoyandasiga aylandi, ko‘pgina gazeta va jurnallarda hamkorlik qildi. 1912-1913 yillari harbiy harakatlar olib borilayotgan Bolqon hududida harbiy muxbir bo‘lib ishladi. 1914 yili Birinchi jahon urushi boshlanganidan so‘ng L. Trotskiy Syurixga ko‘chib o‘tdi, u yerda qon to‘kishning barcha qatnashchilarini qoralovchi «Urush va Internatsional» nomli risolasi chiqdi. «Vatanni himoya qilish» shioriga L. Trotskiy inqilobiy yo‘l bilan Yevropa Qo‘shma Shtatlarini yaratish, keyin esa butun dunyoda ham shunday qilish hamda urushni to‘xtatish chaqirig‘ini qarshi qo‘ydi. L.Trotskiy V. Leninning imperialistik urushni fuqarolar urushiga aylantirish shioriga qo‘shilmadi; u Rossiyada inqilobni boshlash mumkin deb hisoblagan holda, boshqa mamlakatlarning yordamisiz uning g‘alabasi mumkinligiga shubha bilan qaradi. 1915 yili L. Trotskiy, adolatli demokratik dunyo va internatsional proletar hamkorligi zarurligi haqidagi shiorni oldinga surgan Simmervali konferensiyasida faol ishtirok etdi. 1916 yili urushga qarshi tashviqot olib borganligi uchun Fransiyadan Ispaniyaga, u yerdan AQSHga chiqarib yuborildi.
1917 yili Rossiyadagi Fevral inqilobini olqishladi va oilasi bilan Petrogradga ko‘chib o‘tdi, u yerda bolsheviklar bilan jiddiy kelishmovchiliklari bo‘lmagan birlashgan sotsial-demokratik internatsionalchilar (rayonlararochilar») guruhiga kirdi. Bolsheviklarning iyuldagi chiqishlaridan so‘ng qamoqqa olindi va 40 kunni qamoqda o‘tkazdi. 1917 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan RSDRP (b) VI s’ezdida L. Trotskiy rayonlararochilar» tarkibida partiyaga qabul qilindi va sirtdan MK a’zoligiga kiritildi. Oktabr to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etdi. Ajoyib notiq va yorqin publitsist bo‘lgan L.Trotskiy juda mashhur bo‘ldi. Sentyabrda u Petrograd kengashining raisi, oktabrda — amalda harbiyinqilobiy komitetning rahbari va oktabr to‘ntarishining rahbarlaridan biri bo‘ldi. Bu davrda Lenin bilan Trotskiyning nomlari eng ommaviylashganlaridan edi. Butunrossiya Sovetlarining II s’ezdida L. Trotskiy birinchi Sovet hukumati tarkibiga tashqi ishlar xalq komissari sifatida kiritildi. UA.F. Kerenskiy — P.N. Krasnov qo‘shinlarining tor-mor qilinishida muhim rol o‘ynadi, mensheviklar, eserlar va bolsheviklar mk ayrim a’zolarining «bir tarkibli sotsialistik hukumat» tuzishga bo‘lgan urinishlariga qarshi kurashda Leninni qo‘llab-quvvatladi. L. Trotskiy Germaniya bilan tinchlik muzokaralari olib borish uchun Brest-Litovskka bordi. MK qaroriga va Lenin bilan bo‘lgan kelishuvga qaramasdan, Trotskiy muzokaralarni iloji boricha cho‘zdi, lekin nemislarning ultimatumidan keyin «urushni to‘xtatamiz, armiyani tarqatib yuboramiz, biroq tinchlikka imzo chekmaymiz» formulasini olga surdi, bu bilan u xalqaro proletariatga Oktabr to‘ntarishining ta’sirini zaiflashtirmasdan va jahon inqilobining yaqin qolgan ko‘magiga umid bog‘lab, Antantani bosqinchilik urushiga rasmiy bahonadan mahrum qilishni o‘ylagandi. Trotskiyning bu harakatlarini Lenin «taktik yoki diplomatik xato» sifatida baholadi, uning oqibatida Germaniyaning ancha og‘irroq shartlariga ko‘nishga to‘g‘ri keldi. 1918 yilning mart oyida L. Trotskiy Respublikaning harbiy va dengiz ishlari bo‘yicha xalq komissari, sentyabr oyida – Respublika Inqilobiy-harbiy kengashining raisi qilib tayinlandi, Qizil Armiyaning bosh tashkilotchilaridan biri, chet el intervensiyasi va fuqarolar urushi davrida uning rahbari,«Qizil terror»ning nazariyotchilaridan biri bo‘ldi («Kim terrorizmdan, ya’ni g‘azabga mingan va qurollangan aksilinqilobga nisbatan tazyiq o‘tkazish hamda qo‘rqitish choralarini qo‘llashdan voz kechadigan bo‘lsa, u ishchilar sinfining siyosiy hukmronligidan, uning inqilobiy diktaturasidan voz kechishi kerak»). Barcha bolsheviklar kabi ma’muriyatchilikka va kuch ishlatishga moyilligini namoyon qilib, mehnat armiyalari va qat’iy taqsimot yaratish zaruratini qo‘llab chiqqan L. Trotskiy 1920 — 1921 yillari YAIS (Yangi iqtisodiy siyosat — NEP) zarurligi masalasida ham Lenin tarafida bo‘ldi («Oziq-ovqat normasi bo‘yicha tenglashtiruvchi rekvizitsiya va sanoat mahsulotlarini teng taqsimlovchi hozirgi siyosat dehqonchilikning pasayishiga, sanoat proletariatining tarqatib yuborilishiga yo‘naltirilgan va mamlakat xo‘jalik hayotini izdan chiqarish xavfini tugdirdi»). V. Lenin L. Trotskiyga tashqi savdo monopoliyasi masalasi bo‘yicha, mamlakatning milliy-davlatchilik tuzilishini hal qilish vaqtida «gruzin masalasi» bo‘yicha ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilgan; partiyani byurokratlashtirishga qarshi kurashda uni suyanchiq deb biladi, «S’ezdga xat» ida esa uni «Hozirgi MKdagi eng qobiliyatli odam», — deb baholaydi. V. Leninning vafotidan keyin, amalda o‘z raqibining ko‘pgina g‘oyalaridan foydalanib ish ko‘rgan I. Stalinning imkoniyatlarini juda kech anglagan L. Trotskiy jangni boy berib qo‘ydi; 1925 yili SSSR Inqilobiy-harbiy kengashi raisi va harbiy ishlar xalq komissari lavozimlaridan ozod qilindi, 1926 yili esa Siyosiy byuro tarkibidan chiqarildi. 1927 yili partiyadan o‘chirildi.

DO`STLARGA ULASHING:

(xaqiqiy ism-familiyasi Leyba Davidovich Bronshteyn) (26.10.(07.11.) 1879, Yanovka qishlog‘i, Xerson guberniyasi -21.08. 1940, Koyoakan, Meksika)
1897 yildan sotsial-demokrat, 1903-1904 yillari – menshevik. 1905 yilning oktabr-noyabrida — Yanovskiy familiyasi ostida ishchi deputatlari Peterburg Kengashining raisi. Qamoqqa olingan va Sibirda abadiy yashashga hukm qilingan, biroq tayinlangan joyga borishda yo‘ldan qochib ketgan. 1912 yili V.I. Lenin va bolsheviklarga qarshi yo‘naltirilgan Avgust uyushmasini tashkil qilgan. Birinchi jahon urushining boshlarida Parijda urushga qarshi «Nashe slovo» («Bizning so‘zimiz») gazetasini (menshevik L. Martov bilan birgalikda) chop etdi va Fransiyadan chiqarib yuborildi. 1916 yili AQSHda «Noviy mir» («Yangi dunyo») gazetasini chiqardi, unda o‘zining permanent (uzluksiz) inqilob haqidagi goyasini tashviqot qildi. 1917 yilning yozida bolsheviklar partiyasiga RSDRP Rayonlararo tashkiloti a’zosi sifatida kirdi. Iyulning boshlarida ishchilarni muddatidan ilgari qurolli chiqish qilmaslikka chaqirdi, lekin shunga qaramasdan 23 iyulda muvaqqat hukumat tomonidan qamoqqa olindi. 2 sentyabrda ozod qilindi. 25 sentyabrda Petrograd ishchi va soldat deputatlari kengashining raisi bo‘ldi va Tasir kengashiga saylovlarga RSDRPdan 40 ta nomzad ro‘yxatiga kiritildi. 1917 yil oktabridagi qo‘zg‘olonni tayyorlashda katta hissa qo‘shgan. Inqilobdan keyin tashqi ishlar xalq komissari, harbiy va dengiz ishlari bo‘yicha xalq komissari, Respublika Inqilobiy harbiy kengashi raisi, RKP (b) mk siyosiy byurosining va Komintern Ijroiya komitetining a’zosi, Partiya ichidagi barcha bahslarda qatnashgan. 1927 yili partiyadan chiqarildi, 1929 yili SSSRdan badarga qilingan. 1932 yili Sovet fuqaroligidan mahrum qilingan. Emigratsiyada bo‘lgan davrida qizg‘in siyosiy faoliyatini davom ettirgan. Meksikada NKVD agenti R.Merkader tomonidan o‘ldirilgan.
Lev Davidovich Trotskiy — xalqaro kommunistik harakatning yetakchilaridan biri, marksizmning yirik nazariyotchisi, sovet partiya namoyandasi. Leyba Bronshteyn o‘ziga to‘q dehqon oilasida tugilgan. U David va Anna Bronshteynlarning beshinchi farzandi edi. 7 yoshidan yaxudiylarning diniy maktabi — xederda o‘qidi, lekin uni tugatmadi. 1888 yili Odessaga jo‘natilgan, real’ maktabda o‘qigan va «har doim birinchi o‘quvchi bo‘lgan.» Nikolayevdagi real bilim yurtini 1896 yili tugatayotib, u sotsial-demokratik «Janubiy rus ishchilar ittifoqi a’zolari bilan tanishdi. Trotskiy inqilobiy faoliyatini narodnik? sifatida boshladi. 1898 yili qamoqqa olindi, qamoqxonada 2 yil bo‘ldi va u yerda safdoshi A.L. Sokolovskayaga uylandi.
L. Trotskiy qamoqda birga o‘tirgan ishchilarning ta’siri ostida markschi bo‘ldi. 1900 yili Irkutsk guberniyasiga surgun qilindi va u yerdagi viloyat nashrlarida ko‘plab maqolalar chop qildi. 1902 yili xotini va ikki qizini butunlay tashlab, Odessa qamoqxonasi nazoratchisi Trotskiyning nomiga yozilgan qalbaki pasport bilan chet elga qochib ketdi, bu familiya oqibatda uning taxallusiga aylandi. Londonda L. Trotskiy V. Lenin bilan tanishdi, uni «Gayratli va qobiliyatli o‘rtoq» deb baholadi. U V.I. Zasulich, Yu.0. Martovlar bilan ham tanishdi, «Iskra» («Uchqun») gazetasining xodimi bo‘ldi, Parijdagi rus emigrantlariga leksiyalar o‘qidi. Umrining oxirigacha u bilan shon-shuhratni ham, ta’qiblarni ham baham ko‘rgan ukrainalik muhojir N.I. Sedovaga uylandi. 1903 yili RSDRP II s’ezdi delegati sifatida asosiy masalalar bo‘yicha V.I. Lenin va P.V. Plexanovlarni qo‘llab-quvvatladi, lekin partiya ustavi haqidagi bahslarda yu.0. Martovning nuqtai nazarini ma’qulladi, chunki partiyaning shaxsiy hukmronlik o‘rnatilgan radikal-fitnachilar guruhiga aylanib ketish xavfi bo‘lgan faol Inqilobchilarning qattiq intizomli tashkilotiga aylanishini ma’qul deb bilmadi. 1904 yilgacha mensheviklar bilan hamkorlik qildi, biroq ulardan uzoqlashgandan so‘ng ham bolsheviklarga qo‘shilmadi. «Uzluksiz inqilob» nazariyasini ishlab chiqdi, uning ma’nosini o‘zi shunday ifodalaydi: «Sotsialistik inqilob milliy hududda boshlanadi, internatsional maydonda rivojlanadi va jahon miqyosida yakunlanadi». 1905 yili birinchi rus inqilobi boshlanganida L. Trotskiy Rossiyaga qaytib keldi va Unda faol ishtirok etdi; dekabrda Peterburg Kengashi raisi etib saylandi. hibsga olindi va 1906 yili Tobolskka surgun qilindi, lekin yo‘lda chet elga qochib ketdi. Londonda RSDRPning s’ezdida qatnashdi; rasman fraksiyalarga qo‘shilmagan holda bolsheviklar bilan mensheviklarni yarashtirishga urindi. L. Trotskiy Venada joylashib oldi va xalqaro sotsialistik harakatning ko‘zga ko‘ringan namoyandasiga aylandi, ko‘pgina gazeta va jurnallarda hamkorlik qildi. 1912-1913 yillari harbiy harakatlar olib borilayotgan Bolqon hududida harbiy muxbir bo‘lib ishladi. 1914 yili Birinchi jahon urushi boshlanganidan so‘ng L. Trotskiy Syurixga ko‘chib o‘tdi, u yerda qon to‘kishning barcha qatnashchilarini qoralovchi «Urush va Internatsional» nomli risolasi chiqdi. «Vatanni himoya qilish» shioriga L. Trotskiy inqilobiy yo‘l bilan Yevropa Qo‘shma Shtatlarini yaratish, keyin esa butun dunyoda ham shunday qilish hamda urushni to‘xtatish chaqirig‘ini qarshi qo‘ydi. L.Trotskiy V. Leninning imperialistik urushni fuqarolar urushiga aylantirish shioriga qo‘shilmadi; u Rossiyada inqilobni boshlash mumkin deb hisoblagan holda, boshqa mamlakatlarning yordamisiz uning g‘alabasi mumkinligiga shubha bilan qaradi. 1915 yili L. Trotskiy, adolatli demokratik dunyo va internatsional proletar hamkorligi zarurligi haqidagi shiorni oldinga surgan Simmervali konferensiyasida faol ishtirok etdi. 1916 yili urushga qarshi tashviqot olib borganligi uchun Fransiyadan Ispaniyaga, u yerdan AQSHga chiqarib yuborildi.
1917 yili Rossiyadagi Fevral inqilobini olqishladi va oilasi bilan Petrogradga ko‘chib o‘tdi, u yerda bolsheviklar bilan jiddiy kelishmovchiliklari bo‘lmagan birlashgan sotsial-demokratik internatsionalchilar (rayonlararochilar») guruhiga kirdi. Bolsheviklarning iyuldagi chiqishlaridan so‘ng qamoqqa olindi va 40 kunni qamoqda o‘tkazdi. 1917 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan RSDRP (b) VI s’ezdida L. Trotskiy rayonlararochilar» tarkibida partiyaga qabul qilindi va sirtdan MK a’zoligiga kiritildi. Oktabr to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etdi. Ajoyib notiq va yorqin publitsist bo‘lgan L.Trotskiy juda mashhur bo‘ldi. Sentyabrda u Petrograd kengashining raisi, oktabrda — amalda harbiyinqilobiy komitetning rahbari va oktabr to‘ntarishining rahbarlaridan biri bo‘ldi. Bu davrda Lenin bilan Trotskiyning nomlari eng ommaviylashganlaridan edi. Butunrossiya Sovetlarining II s’ezdida L. Trotskiy birinchi Sovet hukumati tarkibiga tashqi ishlar xalq komissari sifatida kiritildi. UA.F. Kerenskiy — P.N. Krasnov qo‘shinlarining tor-mor qilinishida muhim rol o‘ynadi, mensheviklar, eserlar va bolsheviklar mk ayrim a’zolarining «bir tarkibli sotsialistik hukumat» tuzishga bo‘lgan urinishlariga qarshi kurashda Leninni qo‘llab-quvvatladi. L. Trotskiy Germaniya bilan tinchlik muzokaralari olib borish uchun Brest-Litovskka bordi. MK qaroriga va Lenin bilan bo‘lgan kelishuvga qaramasdan, Trotskiy muzokaralarni iloji boricha cho‘zdi, lekin nemislarning ultimatumidan keyin «urushni to‘xtatamiz, armiyani tarqatib yuboramiz, biroq tinchlikka imzo chekmaymiz» formulasini olga surdi, bu bilan u xalqaro proletariatga Oktabr to‘ntarishining ta’sirini zaiflashtirmasdan va jahon inqilobining yaqin qolgan ko‘magiga umid bog‘lab, Antantani bosqinchilik urushiga rasmiy bahonadan mahrum qilishni o‘ylagandi. Trotskiyning bu harakatlarini Lenin «taktik yoki diplomatik xato» sifatida baholadi, uning oqibatida Germaniyaning ancha og‘irroq shartlariga ko‘nishga to‘g‘ri keldi. 1918 yilning mart oyida L. Trotskiy Respublikaning harbiy va dengiz ishlari bo‘yicha xalq komissari, sentyabr oyida – Respublika Inqilobiy-harbiy kengashining raisi qilib tayinlandi, Qizil Armiyaning bosh tashkilotchilaridan biri, chet el intervensiyasi va fuqarolar urushi davrida uning rahbari,«Qizil terror»ning nazariyotchilaridan biri bo‘ldi («Kim terrorizmdan, ya’ni g‘azabga mingan va qurollangan aksilinqilobga nisbatan tazyiq o‘tkazish hamda qo‘rqitish choralarini qo‘llashdan voz kechadigan bo‘lsa, u ishchilar sinfining siyosiy hukmronligidan, uning inqilobiy diktaturasidan voz kechishi kerak»). Barcha bolsheviklar kabi ma’muriyatchilikka va kuch ishlatishga moyilligini namoyon qilib, mehnat armiyalari va qat’iy taqsimot yaratish zaruratini qo‘llab chiqqan L. Trotskiy 1920 — 1921 yillari YAIS (Yangi iqtisodiy siyosat — NEP) zarurligi masalasida ham Lenin tarafida bo‘ldi («Oziq-ovqat normasi bo‘yicha tenglashtiruvchi rekvizitsiya va sanoat mahsulotlarini teng taqsimlovchi hozirgi siyosat dehqonchilikning pasayishiga, sanoat proletariatining tarqatib yuborilishiga yo‘naltirilgan va mamlakat xo‘jalik hayotini izdan chiqarish xavfini tugdirdi»). V. Lenin L. Trotskiyga tashqi savdo monopoliyasi masalasi bo‘yicha, mamlakatning milliy-davlatchilik tuzilishini hal qilish vaqtida «gruzin masalasi» bo‘yicha ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilgan; partiyani byurokratlashtirishga qarshi kurashda uni suyanchiq deb biladi, «S’ezdga xat» ida esa uni «Hozirgi MKdagi eng qobiliyatli odam», — deb baholaydi. V. Leninning vafotidan keyin, amalda o‘z raqibining ko‘pgina g‘oyalaridan foydalanib ish ko‘rgan I. Stalinning imkoniyatlarini juda kech anglagan L. Trotskiy jangni boy berib qo‘ydi; 1925 yili SSSR Inqilobiy-harbiy kengashi raisi va harbiy ishlar xalq komissari lavozimlaridan ozod qilindi, 1926 yili esa Siyosiy byuro tarkibidan chiqarildi. 1927 yili partiyadan o‘chirildi.
Olmaota surgunidan keyin 1929 yili oilasi bilan Turkiyaning Marmar dengizidagi Prinkilo oroliga quvg‘in qilindi. 1932 yili sovet fuqaroligidan mahrum etildi. Chet elda u i, Stalinning totalitar tuzumini fosh qilib, publitsistik va adabiy faoliyat bilan shugullandi, SSSRdagi shovqin-suronli sud jarayonlari soxtalashtirilganligini fosh qildi, IV («marksistik») Internatsionalni tuzish bo‘yicha ish olib bordi. Bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chib yurishga majbur bo‘ldi: Fransiya, Norvegiya, Meksika. NKVD xodimlari turli mamlakatlardan L. Trotskiyning arxiv materiallarini o‘girlab ketdilar, uning SSSRdagi barcha qarindoshlari (birinchi xotini, o‘gli, ukasi va boshqalar) qatag‘on qilindi.
1940 yilning 24 may kuni NKVD tashkil qilgan L. Trotskiyga qarshi suiqasdni ispan kommunisti Ramon Merkader amalga oshirdi. U troukiylar xonadonining ishonchiga kirib (L. Trotskiyning kotibasi Silviya Angelova-Maslovaga uylanishni va’da qilib u bilan yashab yurgan) uzoq payt poylaydi va nihoyat 24 may kuni kabinetda yolgiz qolgan Lev Davidovichning boshiga alpinistlarning muz yoradigan cho‘kichi bilan uradi. Ramon Merkader o‘sha zahoti qamoqqa olinadi va Meksika sudi tomonidan 20 yil qamoq jazosiga hukm qilinadi (o‘sha paytda Meksikadagi eng oliy jazo shu edi). Merkaler qamoq jazosini to‘liq o‘tab, 1960 yili ozod qilinadi va Kuba orqali SSSRga keladi. 1961 yili unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi, umrbod pensiya (400 so‘m) tayinlandi va xotini ikkalasiga Moskvadan kvartira va dala hovlisi ajratildi. R. Merkader Marksizm-leninizm institutiga ishga joylashdi, u Ispaniya kommunistik partiyasi tarixi kitobining mualliflaridan biri. Lekin R. Merkader SSSRda yashay olmadi va sovet rahbarlarining ruxsati bilan Kubada joylashdi. U 1978 yili o‘sha yerda vafot etgan va vasiyatiga ko‘ra Moskvada dafn qilingan.
L. Trotskiy bugun insoniyatning yorqin kelajagi bo‘lib tuyulgan o‘zining xayoliy dunyosini yaratdi. Ushbu dunyoni yaratish uchun, uning fikricha, barcha vositalardan: lagerlar, «Tozalashlar», jismonan yo‘q qilish, josuslik, xoinlik, sotib olish, terror kabilardan foydalanish mumkin va zarur. Odamlar uning uchun shu buyuk maqsadni amalga oshirish yo‘lida bir material, xolos.
L. Trotskiy o‘ldirilganda 61 yoshga ham to‘lmagan edi. Uning dushmanlari uning o‘z usulidan foydalandilar, qarashlariga amal qildilar. Shu qarashlar mustaqillikka erishgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi ko‘pgina davlatlarda hokimiyat tepasiga kelgan inqilobchilarni oxir-oqibatda diktatorlarga aylantirdilar. Bu mamlakatlarning ko‘pincha fojiali yakunlangan tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ommaga qo‘pol kuch bilan singdirilgan har qanday g‘oya oxir-oqibatda shu g‘oyaning mualliflarini ham xuddi shunday qo‘pol kuch bilan ag‘darib tashlaydi.
Men proletar inqilobchisi, marksist, dialektik materialist va demakki, ateistligimcha o‘laman. Insoniyatning kommunistik kelajagiga ishonchim hayotimning o‘smirlik paytidagiga ko‘ra susaygan emas, hozir mustahkamroq bo‘ldi. (Lev Trotskiy)

Lev Davidovich Trotskiy haqida