“Farhod va Shirin”da komil inson
“Farhod va Shirin”da komil inson
DO`STLARGA ULASHING:
“Farhod va Shirin”da komil inson
Shohg’arib mirzoga bag’ishlangan bobda podshohlarning ilmli bo’lishi lozimligidan so’z yuritib, Ulug’bek mirzoni eslatishi sababsiz emas:
Temurxon naslidin sulton Ulug’bek,
Ki olam ko’rmadi sulton aningdek.
Aning abnoyi jinsi bo’ldi barbod,
Ki davr ahli biridin aylamas yod.
Valek ul ilm sori topti chun dast,
Ko’zi olinda bo’ldi osmon past.
Rasadkim bog’lamish zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur.
Ki andin yozdi «Ziji Kuragoniy».
Qiyomatga degincha ahli ayyom.
Yozarlar oning ahkomidin ahkom.
Birinchi sharh:
Ki chun Xoqong’a tengri berdi farzand,
Bo’lub ul hadya birla shodu xursand.
Jamoli birla ko’nglin aylabon xush,
Otin qo’ymoq sori bo’ldi raqamkash.
Jamolidin ko’ringach, farri shohi,
Bu fardin yorudi mah to ba mohi.
Qo’yub yuz himmatu iqbolu davlat,
Hamul far soyasidin topti ziynat.
Bu javharlarg’a chun isnod topti,
Murakkab aylagach Farhod topti.
Keltirilgan misolning uchinchi va to’rtinchi baytlarida Farhod so’zining ma’nosi quyidagicha sharhlangan:
Ikkinchi sharh:
Bu «far»ni «hodi»yi baxt etgach irshod,
Ravon shohzoda otin qo’ydi Farhod.
Bunda shoir «Farhod» so’zini ikki qismga – «far + hod» bo’lib shunday sharhlaydi: shohlik shon-shukuhi va olijanob fazilatlar egasi bo’lgan shahzoda Farhod – baxt tomon «hodiy»lik-yo’lboshchilik qiluvchi shaxsdir, ya’ni Farhod baxtli bo’lishga intiluvchilar rohnamosidir.
Uchinchi sharh:
Ki ko’rgach ishq aning pokiza zotin.
Anga farzona Farhod ism qo’ydi,
Hurufi ma’xazin besh qism qo’ydi.
Firoqu rashku hajru oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism o’ldi murattab.
Bunda shoir Farhod ( ) so’zining har bir harfi «firoq», «rashk», «hajr», «oh» va «dard» so’zlarining birinchi harflaridan («firoq»dan «f», «rashk»dan «R», «hajr»dan «H», «oh»dan «o» va «dard»dan «d» ) iboratligiga ishora qilib, bu bilan Farhodning «ishq» ahlidan ekaniga urg’u beradi.
Agar bir qatla ko’rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo’q erdi ul varaqni…
O’qub o’tmak, o’qub o’tmak shiori,
Qolib yodida safha –safha bori…
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm…
Ulum avroqi chun bir-bir yopildi,
Dilovarliq silohi mayli qildi…
Shuning bilan bir qatorda Farhod:
Demonkim, ko’ngli poku ham ko’zi pok,
Tili poku so’zi poku o’zi pok,-
bir olijanob inson sifatida ham shakllanib boradi. Bu bayt «Hayrat ul-abror»da oshiq haqida:
Oshiq ani bilki erur dardnok,
Ham tili, ham ko’ziyu ham ko’ngli pok,-
deb yozganlarining Farhod misolida amalga oshganini, ya’ni umumlashma fikrlarning badiiy obrazda mujassamlashganini ko’rsatadi.
Farhodning keyingi faoliyati ham ibratbaxsh: Farhod shohzoda bo’lsa-da, mashhur usto Qorandan toshyo’narlik, Moniydan naqqoshlik san’atlarini mukammal o’rganib, ustozlarini hayratda qoldiradi. Xoqon o’g’liga toj-taxtni taqdim etishini aytganda Farhodning asosli uzrlar aytishi, Xoqonning o’g’liga xazinasini ko’rsatgani, «Oinai Iskandariy» sirlarini bilish uchun Yunon tomon safari, undagi ajoyib-g’aroyib sarguzashtlari nihoyatda jozibali va go’zal tasvirlangan. Bu sarguzashtlarda Farhod faqat lashkarboshi, pahlavon sifatida emas, balki donishmand, adolatli va olijanob inson sifatida ko’zga tashlanadi. Farhod Yunon safaridan Chinga qaytib, «oinai Iskandariy»da Arman o’lkasidagi dasht, unda kanal qazuvchilar va bir go’zal boshchiligidagi qizlarni ko’rdi va o’sha go’zalga oshiq bo’lib qoldi. Ishq Farhodni kasal qiladi, uni davolash uchun dengiz sayohatini uyushtiradilar. Kemalar halokatga uchrab, Farhod bir yog’och ustida tanho qolib, tijoratchilar kemasi uni qutqaradi. Farhod esa ularni qaroqchilardan himoya qiladi, Shopur bilan tanishadi. So’ng ular Arman dashtida kanal qazayotganlar oldiga keladilar. Farhod ularga rahmi kelib,
Hunarni asrabon netgumdur oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdur oxir, — deb hunarini, mo’jizakor teshasini ishga solib, kanal qozadi. Uning ovozasi Arman malikasi Mehinbonu va jiyani Shiringa yetib boradi. Shirin o’zining donishmand kanizaklari bilan Farhodni ko’rishga keladi. Farhod «Oinai Iskandariy»da ko’rgan go’zali Shirin ekanini bilib, hushdan ketadi… Keyin voqyealar Farhodning Arman o’lkasidagi faoliyati-kanal — «Ayn ul-hayot», hovuz- «Bahr un najot» va qasr qurish, Xusravga qarshi kurash, oxirida esa vafoti bilan bog’liqdir.
Meni mahzung’akim , ishq etti bedod,
Solib g’am tog’ida andoqki Farhod.
Desam Farhodi mahzun dostoni.
Yozib jon mus’hafidin ikki oyat,
Debon Farhodu Shirindin hikoyat.
Dostonda ana shu ikki timsol o’zining jozibadorligi bilan , samimiyligi, haqiqiyligi, buyuk insonga xos fazilatlari bilan kishini maftun etadi.
Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan,
Yuz ul fanliq aro har qaysi yak fan.
Mehinbonu ki donishparvar erdi,
Bilik ahlig’a shohi sarvar erdi.
Manga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam o’lsam ushbu basdur.
Agar Bonu iloji bilsa, qilsun,
O’zumni o’ltururmen, yo’qsa bilsun.
“Farhod va Shirin”da komil inson