Zaytun bargi foydalari nimalardan iborat?

Zaytun bargi foydalari nimalardan iborat?

Zaytun barglari — mevasidan nihoyatda qimmatli va foydali moy olinadigan zaytun daraxtidan olinadi. O‘rta Yer dengizi hududi va Yevropa mamlakatlarida qadim zamonlardan beri xalq tabobatida keng qo‘llanib keladi. Tarkibidagi fenolik, triterpen va flavonoid tuzilishdagi faol birikmalar sabab virusga qarshi (antiviral), antioksidant va saratonga qarshi (antikanser) xususiyatlarni namoyon etadi.

Zaytun barglaridan moy ajratib olinib yoki ularni quritib foydalanish mumkin. Quritilgan barglar choy qilib damlanadi yoki maydalab taomlarga qo‘shib, bevosita iste’mol qilinadi.

Zaytun barglari choy yoki kukun ko‘rinishida iste’mol qilinganda oshqozon va ichak muammolariga, og‘iz bo‘shlig‘i hamda tish salomatligiga, yurak kasalliklarining oldini olishga foyda beradi.

Zaytun bargidan olingan ekstraktlar terida infeksiya rivojlanishining oldini oladi va qarishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Zaytun bargi ekstrakti foydasi uchun uni og‘iz orqali iste’mol qilish mumkin. Ayrim holatlarda zaytun bargidan olingan moylar mevasidan olinadigan zaytun moyi tarkibiga qo‘shilishi mumkin.

Zaytun bargi qaysi kasalliklarga foydali?

Zaytun bargi teri kasalliklaridan tortib saratongacha bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlarda qo‘llanishi mumkin. Zaytun bargi davolash maqsadida ishlatilishi mumkin bo‘lgan holatlar quyidagicha:

zaytun bargi foydalari nimalardan iborat 696a5cea9a53a
Zaytun bargi foydalari nimalardan iborat? 5

Yurak kasalliklari

Zaytun bargi tarkibidagi birikmalar tomirlarning bo‘shashishiga yordam beradi. Qon bosimi yuqori (gipertoniya) bo‘lganlarda bosimni muvozanatlashtiradi va yurakka tushadigan yukni kamaytiradi. Xolesterin yuqoriligi odatda yurakqon tomir tizimi kasalliklari bilan bog‘liq bo‘ladi. Zaytun bargi xolesterinni pasaytirishga yordam beradi. Tomir ichida hosil bo‘ladigan ivindilar (tromblar)ning oldini olishi mumkin. Yurak va tomir tiqilishlarini kamaytirib, yurak urishini me’yorlashishga ko‘maklashadi.

Semizlik va diabet

Semizlikka ega odamlarda ortiqcha vazn sabab ko‘pincha diabet muammosi ham uchraydi. Ba’zi kishilarda insulin rezistentligi vazn tashlashni qiyinlashtiradi. Zaytun bargi qondagi shakar miqdorini pasaytiradi va insulin rezistentligiga qarshi kurashda tanlanishi mumkin.

Virusli kasalliklar

Zaytun bargi viruslarga qarshi kurashda juda samarali hisoblanadi. Gripp, shamollash kabi kasalliklarning alomatlarini yengillashtiradi. Immunitet tizimini mustahkamlab, kasalliklardan himoya qiladi. Virus kelib chiqishli nafas yo‘llari kasalliklari kuchayganda o‘pka bakteriyalar uchun ham “nishon”ga aylanib, kasallik chuqurlashishi mumkin. Zaytun bargi antibakterial xususiyati bilan bakteriyalarga qarshi ham himoya qilishi mumkin.

Saraton

Tajriba hayvonlari ustida o‘tkazilgan sinovlarda o‘smа hujayralarining o‘sishi va ko‘payishiga ta’siri kuzatilgan. Ko‘krak, miya va siydik pufagi o‘smalari bo‘yicha ijobiy natijalar qayd etilgan. Biroq bu ta’sirlarning insonlarda qanday bo‘lishini aniqlash uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi.

Boshqa holatlar

Teriga surtib qo‘llanganda quyosh dog‘lari va quyosh sabab yuzaga kelgan shikastlanishlarni kamaytirishi mumkin. Teri ko‘rinishini yanada sog‘lom va tetik ko‘rsatishga yordam beradi. Yosh o‘tishi bilan paydo bo‘ladigan mayda chiziqlar va ajinlarni kamaytirishga ko‘maklashadi.

Zaytun bargi miyani himoya qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Unutuvchanlik, depressiyastress kabi miyaga ta’sir qiluvchi muammolarda qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, organizmda yuzaga keladigan yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi. Revmatizm kabi yallig‘lanish (enflamatsiya) bilan bog‘liq kasalliklar alomatlarini yengillashtirish maqsadida ishlatilishi mumkin.

zaytun bargi foydalari nimalardan iborat 696a5ceb1f059
Zaytun bargi foydalari nimalardan iborat? 6

Zaytun bargi: foydalari va zararlari

Davolash yoki qo‘shimcha (takviye) maqsadida ishlatiladigan tabiiy mahsulotlar tarkibidagi faol moddalar sabab noto‘g‘ri yoki me’yoridan ortiq qo‘llanganda zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qo‘llashdan oldin tabiiy qo‘shimchalarning foyda va zararlari yaxshilab o‘rganilishi, imkon bo‘lsa mutaxassis fikri olinishi kerak.

Zaytun bargi foydalari

Zaytun bargi antioksidant, antibakterial, lipidlarni kamaytiruvchi (antilipidemik) va saratonga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Yurak salomatligini asrash, diabetni nazorat qilish kabi yo‘nalishlarda profilaktik va yordamchi vosita sifatida tanlanishi mumkin. Zaytun bargi foydalari quyidagicha:

  • Lipidlarni kamaytiruvchi (antilipidemik) xususiyati bilan xolesterinni pasaytirishga yordam beradi.
  • Qondagi shakar miqdori yuqori bo‘lganda uni muvozanatlashtirishga ko‘maklashadi.
  • Nafas yo‘llari kasalliklarining alomatlarini yengillashtiradi. Astma, gripp, shamollashda foydali bo‘lishi mumkin.
  • Qon bosimini pasaytiradi, tomirlarni bo‘shashtiradi. Tomir tiqilishini oldini olishga ko‘maklashib, yurak-qon tomir salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Siydik haydovchi (diuretik) ta’siri hisobiga bosimni tushirishga va ortiqcha shishni chiqarishga yordam beradi.
  • Allergik modda organizmga kirganda himoya mexanizmi gistamin ajralishini kuchaytiradi. Zaytun bargi gistamin ajralishini kamaytirib, allergik reaksiya ta’sirini pasaytirishi mumkin.
  • Yallig‘lanishga qarshi (antienflamatuar) ta’siri bilan yallig‘lanishli kasalliklarni davolashga yordamchi bo‘lishi mumkin. Revmatoid artrit (romatoit artrit) kabi kasalliklar ta’sirini kamaytirishga ko‘maklashadi.
  • Oshqozon va ichak kasalliklarida qo‘llanishi mumkin. Ichakda kasallik chaqiruvchi bakteriyalardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
  • Immunitet tizimini mustahkamlab, kasalliklarga qarshi himoyani kuchaytiradi.

Zaytun bargi zararlari

Zaytun bargi sintetik mahsulotlarga nisbatan ishonchliroq deb qaraladi. Shunga qaramay, har qanday mahsulot to‘g‘ri doza va usulda qo‘llanmasa toksik (zaharlovchi) ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Zaytun bargining mumkin bo‘lgan zararlari:

  • Surunkali kasalligi bor va dori qabul qiladigan kishilar zaytun bargini iste’mol qilsa, dori o‘zaro ta’siri (interaksiya) sabab kutilmagan natijalar yuzaga kelishi mumkin.
  • Oshqozoni sezgir bo‘lganlarda iste’mol qilganda ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, qusish va ich ketishi kabi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin. Bunday holatda iste’molni to‘xtatib turish kerak.
  • Qon shakari past bo‘lganlar ko‘p miqdorda iste’mol qilsa, qondagi shakar darajasida tebranishlar bo‘lishi mumkin.
  • Qon bosimini tushiruvchi ta’siri sabab bosim dorilarini qabul qiladiganlar shifokor bilan maslahatlashib iste’mol qilgani ma’qul.
  • Homilador va emizikli onalar avval mutaxassis bilan maslahatlashishi lozim.

Zaytun bargi choyi ozdiradimi?

Zaytun bargi choyi foydalari ichida eng ko‘p e’tibor tortadigan ta’sirlardan biri — ozishga yordam berishi mumkinligidir. Insulin rezistentligi vazn tashlash yo‘lidagi muhim to‘siqlardan biridir. Zaytun bargi choyi tarkibidagi faol moddalar hujayralarning insulinga sezgirligini oshirishga yordam beradi. Qon shakarining keskin tebranishlarini kamaytiradi. Siydik haydovchi (diuretik) xususiyati bilan organizmdagi shishni chiqarishga ko‘maklashadi. Ichki a’zolardagi yog‘lanishni kamaytirishga yordam berishi mumkin. Ishtahani kamaytirish va ovqatga “hujum” (to‘satdan ko‘p yeyish) holatlarining oldini olishga foydali bo‘lishi mumkin.

Zaytun bargi choyi qanday tayyorlanadi?

Zaytun bargi choyi foydasi uchun kundalik hayotda iste’mol qilinadi. Choy tayyorlash uchun avval zaytun barglari tozalanib yuviladi, ustiga yupqa mato yopib, yaxshilab quritiladi. Qurigan barglardan o‘rtacha 1 osh qoshiq olinadi. Quruq barglar ustiga 1 stakan qaynoq suv quyilib, taxminan 10 daqiqa damlanadi. So‘ng barglar suzib olinadi va choy issiq holda ichiladi. Ta’mini o‘zgartirish uchun xohishga ko‘ra limon, asal kabi mahsulotlar qo‘shilishi mumkin.

zaytun bargi foydalari nimalardan iborat 696a5ceb7b3ca
Zaytun bargi foydalari nimalardan iborat? 7

Ko‘p beriladigan savollar

Zaytun bargi choyi koronavirus  uchun ishlatiladimi?

Zaytun bargi choyi virusga qarshi (antiviral) xususiyati sabab virus kelib chiqishli kasallik bo‘lgan koronavirus infeksiyasini davolashda yordamchi sifatida tanlanishi mumkin. O‘pkani himoya qilishi va immunitetni kuchaytirishi bilan kasallik ta’sirlarini kamaytirishda foydali bo‘lishi ehtimol. Davolashga yordam berish maqsadida kuniga iste’mol qilinishi mumkin.

Zaytun bargi choyining zarari bormi?

Zaytun bargi choyi foydasi uchun ichilsa-da, tabiiy mahsulotlar ham noto‘g‘ri ishlatilsa zarar yetkazishi mumkin. Kuniga ikki piyola iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qon shakarini va qon bosimini tushiruvchi ta’siri sabab bosimi past yoki qoni shakari past bo‘lganlarda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Dori ichadiganlarda dori o‘zaro ta’siri (interaksiya) yuzaga kelib, istalmagan ta’sirlarga sabab bo‘lishi mumkin. Homilador va emizikli onalar uchun tavsiya etilmaydi. Ayrimlarda jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i kabi nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda iste’molni davom ettirmaslik kerak.

Zaytun bargi choyi kuniga qancha ichilishi mumkin?

Zaytun bargi choyini kuniga 2 marta — ertalab va kechqurun ichish tavsiya etiladi. Eng ko‘pi bilan 3 marta iste’mol qilish mumkin. Uni 1,5–2 oy davomida ichish mumkin.

Zaytun bargi siydik haydovchimi?

O‘simlik choylarida odatda siydik haydovchi xususiyat bo‘ladi. Zaytun bargi choy ko‘rinishida ichilganda shishni chiqarishga yordam berishi va siydik ajralishini ko‘paytirishi mumkin.

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Zaytun bargi foydalari nimalardan iborat?